Tenderlar
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida qurilayotgan yangi yuqori kuchlanishli 220 kV raqamli “Zafarobod” nimstansiyasini qurish bo‘yicha Bosh pudratchini aniqlash uchun tanlov e'lon qiladi
  • 13.04.2021
  • 1036

  Chop etilgan sana: 13-aprel 2021-yil.

  Muddat yakuni: 2021-yil 8-iyun sanasi soat 10:00 gacha (Toshkent vaqti bilan)

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati «220 kVli «Sirdaryo  issiqlik elektr stansiyasi»dan «Zafarobod» podstansiyasigacha elektr uzatish tarmog‘i qurilishi» investitsiyasi loyihasi doirasida yangi yuqori kuchlanishli 220 kV raqamli “Zafarobod” nimstansiyasini qurish bo‘yicha “tayyor xolda topshirish” sharti asosida Bosh pudratchini aniqlash uchun xalqaro tender savdolarini e'lon qiladi.

  Ushbu loyiha Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) tomonidan moliyalashtirilganligi sababli, tender savdolari OTB talablariga binoan amalga oshiriladi.

  Tenderga takliflarning qabul qilish muddati: 2021-yil 8-iyun kuni soat 10:00 gacha (Toshkent vaqti bilan).

  Murojaat uchun telefon: + 99871 236 68 46

  Elektron manzil: northwest220g3@gmail.com / grp_l507@uzbekistonmet.uz

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>