Yangiliklar
KICHIK QUYOSH ELEKTR STANSIYASI: "YASHIL ENERGIYA" TARG'IBOTI, O'QUV-SINOV MAYDONI, KOREYA ENERGETIKA AGENTLIGINING BEMINNAT TUHFASI
  • 06.03.2021
  • 1647

  Bugun, 2021-yil 5-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiyalarni rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ–4422-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston–Janubiy Koreya hamkorligi doirasida Koreya energetika agentligining (KEA) beg'araz mablag'lari hisobidan Toshkent viloyatining yuqori Chirchiq tumanidagi "Nuri zamin" mahalla fuqarolari yig'ini hududida barpo etilgan 40 kVt quvvatli quyosh fotoelektrik stantsiyasini ishga tushirish marosimi bo'lib o'tdi.

 

  Tadbirda Energetika vazirligining mutasaddi xodimlari, mutaxassislar, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining o'rinbosari F.Qurbonov va Mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvi korxonalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Akmal Abbosov, "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori A.Boymuhammedov, Koreya energetika agentligi vakillari janob Pak San u va Jema xonim hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. O'zbekistonlik energetiklar koreyalik hamkorlarga ushbu kichik quyosh elektr stansiyasini qurib, foydalanishga topshirganligi uchun minnatdorlik izhor etib, mehmonlarga esdalik sovg'alari tuhfa etishdi. Shu bilan kichik quyosh elektr stansiyasi "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aktsiyadorlik jamiyati balansiga olindi.

 

  O'RTA SAROY BEKATI

  Ma'lumki, Prezident qarorlariga asosan mamlakatimizda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bunday loyihalar ichida qayta tiklanuvchi energiya manbalari: quyosh fotoelektrik hamda shamol generatorlaridan iborat "yashil energiya" stantsiyalarini qurish hamda ekspluatatsiya qilish rejalashtirilgan. Ayni paytda o'nga yaqin bunday yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

  Batafsil ma'lumotlar:

  «YASHIL ENERGIYA»: INVESTITSION LOYIHALAR, RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, YANGI ISH O‘RINLARI, EKOTIZIM BARQARORLIGI, DAVR TALABI  http://uzbekistonmet.uz/oz/

  ПЕРЕХОД НА «ЗЕЛЕНУЮ ЭКОНОМИКУ» ТРЕБУЕТ И УВЕЛИЧЕНИЯ ОБЪЕМА «ЗЕЛЕНОЙ» ЭНЕРГЕТИКИ http://uzbekistonmet.uz/ru/

  O‘ZBEKISTONDA QAYTA TIKLANUVCHI ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALAR SONI KO‘PAYADI http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

  Demak, mazkur kichik quyosh elektr stansiyasi, eng avvalo, xalqimiz orasida, iste'molchilarimiz diqqatiga muqobil energiya manbalaridan nafaqat xonadonlarda, balki kichik va o'rta biznes ishlab chiqarish jarayonida samarali foydalanish mumkinligini targ'ib qilish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun mini fotoelektrik stansiyaning o'rnatilish joyi tanlanganda yirik va serqatnov trassa bo'yida ekanligiga (Toshkent–Andijon yo'nalishida, O'rta Saroy bekatida) e'tibor qaratilgan edi.

  Toshkent viloyatida kichik quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi http://minenergy.uz/uz/news/view/1069

   В Ташкенской области начато строительство малой солнечной электростанции http://minenergy.uz/ru/news/view/1069

 

  Yo'lovchilar, mahalliy aholi vakillari bu stansiyaga har ko'zi tushganda OAV sahifalaridagi lavhalar, shuningdek ijtimoiy tarmoq nashrlaridagi "yashil energiya" haqidagi axborotga yanada e'tiborliroq bo'lishni boshlaydilar. Bu esa jamiyatimizda muqobil energiya turlaridan samarali foydalanib, mamlakatimizning tabiiy boyliklarini iqtisod qilish, shu bilan birga, ekologiyaga zararni kamaytirish borasidagi tushunchalar targ'ibotini kengaytiradi.

  Ikkinchidan, ushbu kichik quyosh stansiyasi soha mutaxassislari uchun o'quv poligoni vazifasini o'taydi. Yirik va bir necha gektar yer maydonini egallagan fotoelektrik stansiyalarda ishlash uchun o'qitilib, amaliyotga yuboriladigan mutaxassislarni tayyorlashda ularning nazariy bilimlari mazkur ministansiyada sinab ko'rish va mustahkamlash imkoniyati yaratiladi. Bu joydan energetika ixtisosligi bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlari ham samarali foydalanishlari mumkin.

 

  Qolaversa, ushbu kichik quyosh stansiyasida ishlab chiqilayotgan elektr energiyasi elektr tarmog'i umumtizimiga uzatilib, ushbu stansiya bir yil davomida taxminan 100 ming kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

  Elektr energiyasi: tarixi, ibtidoiy shakli, taraqqiyoti, buguni (6-ma'lumot)

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/647

Quyosh batareyalari, ya'ni yorug'likni elektrga aylantirish ta'sirini o'rganish dastlab fransuz fizigi Aleksandr Edmond Bekerel tomonidan 1842-yilda kashf etildi. Charlz Fritts ismli olim nurni elektrga aylantirish uchun kimyoviy unsur — selendan foydalanishni taklif etdi. Quyosh batareyalarining dastlabki prototipi italiyalik olim Jakomo Luidji Chamichyan tomonidan yaratilgan. Oradan qariyb bir asr vaqt o'tib, aniqrog'i 1948-yil 25-martda Bell Laboratories tomonidan elektr tokini ishlab chiqarishga mo'ljallangan birinchi quyosh batareyalari yaratilgani omma e'tiboriga e'lon qilindi.
 

   OHANGARON SHAHRI

  O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining tashabbusi va tavsiyasiga ko'ra 2020-yilda Toshkent viloyati hokimligi, xususan Ohangaron shahri hokimiyati qo'pqavatli uylardagi kam ta'minlangan oilalarning 9 tasiga quyosh energiyasidan foydalanib suv isitish tizimiga ega moslamalarni o'rnatib berishgan. Ayni paytda 9 ta xonadon beminnat quyosh nuridan foydalanib, elektr energiyasi va tabiiy gazni birmuncha tejashga, eng asosiysi, energoresurslardan bepul foydalanishga muvaffaq bo'lishdi.

 

  Shuningdek, tashabbus Ohangaron shahar hokimiyati mutasaddilari tomonidan davom ettirilib, tajriba tariqasida Toshkent–Andijon yo'nalishidagi yo'l bo'yida joylashgan yana bir ko'pqavatli uyning bir nechta xonadonlari yangicha usulda ham isitilmoqda, ham issiq suvdan foydalanmoqda.

 

  Gap shundaki, qo'pqavatli uyning yoniga quyosh nuridan energiya olib, suvni yuqori haroratda qaynatib, xonadonlarga yetkazib beruvchi zamonaviy moslama o'rnatilgan. Bir so'z bilan aytganda, kunduzi va quyoshli kunlarda ko'pqavatli xonadonlar quyosh energiyasidan beminnat foydalanishadi, tabiiy gaz hamda elektr energiyasi tejaladi. Qolgan paytlarda, ya'ni quyosh energiyasidan to'g'ridan-to'g'ri foydalanish imkoniyati kamayganda tabiiy gazdan foydalanish mumkin. Demak, mazkur "gibrid" tizim xonadonlarda bir xil harorat hukmron bo'lishini ta'minlay oladi.

 

  Xulosa shuki, mamlakatimizda mavjud minglab ko'pqavatli uylarda mana shunday quyosh energiyasi va tabiiy gazdan yoki quyosh energiyasi va elektr energiyasidan foydalanib, ham uyning isitish tizimi, ham issiq suv tizimida energoresurslardan samarali foydalanish mumkin.

 

Fakt 24 | "Yashil energiya"ni rivojlantirish istiqbollari
#5mar #uzbekiston24

https://kun.uz/news/

 "O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>