OAV va jamoatchilik bilan ishlash
ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI, BUGUNI (6-MA'LUMOT)
  • 30.12.2020
  • 948

   Quyosh batareyalari, ya'ni yorug'likni elektrga aylantirish ta'sirini o'rganish dastlab fransuz fizigi Aleksandr Edmond Bekerel tomonidan 1842-yilda kashf etildi. Charlz Fritts ismli olim nurni elektrga aylantirish uchun kimyoviy unsur — selendan foydalanishni taklif etdi. Quyosh batareyalarining dastlabki prototipi italiyalik olim Jakomo Luidji Chamichyan tomonidan yaratilgan.

   Oradan qariyb bir asr vaqt o'tib, aniqrog'i 1948-yil 25-martda Bell Laboratories tomonidan elektr tokini ishlab chiqarishga mo'ljallangan birinchi quyosh batareyalari yaratilgani omma e'tiboriga e'lon qilindi.

   10 yildan so'ng, ya'ni 1958-yil 17-martda AQShda quyosh panellaridan foydalanadigan sun'iy yo'ldosh — "Avangard-1" kosmik kemasi fazoga uchirildi. 1958-yil 15-mayda Sovet Ittifoqi ham quyosh batareyalaridan foydalanadigan "Sputnik-3" nomli sun'iy yo'ldosh uchirilganini ma'lum qildi.

   Batafsil: Ўзб  ‖ O‘zb  ‖

   Elektr energiyasi: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI, BUGUNI 1- ma'lumot, 2- ma'lumot, 3- ma'lumot, 4-ma'lumot va 5-ma'lumotlar

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>