Yangiliklar
MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: EKOLOGIYA, ENERGIYA SAMARADORLIGI VA «YASHIL ENERGIYA» MASALALARI
  • 01.10.2020
  • 766

   Barchamizga ma'lumki, O‘zbekistonning yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari qo‘shni mamlakatlarning magistral elektr tarmoqlari bilan barqarorlikda ishlaydi. Shuningdek, MDH davlatlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari salmog‘ini oshirish, an'anaviy turdagi elektr energiyasi ishlab chiqarishning ekotizimiga salbiy ta'sirini o‘rganish — mintaqa energetiklari tomonidan qizg‘in muhokama etilayotgan mavzulardan biri hisoblanadi.

   Bugun, 2020-yil 1-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Ekologiya, energiya samaradorligi va muqobil energiya masalalari bo‘yicha Ishchi Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Onlayn muloqotda qayta tiklanuvchi energiya manbalari salmog‘ini oshirish, energiya samaradorligi va tejamkorligi, ekologik muammolar tahlil etildi.

   Eslatib o‘tamiz, 9 ta mamlakatdan 20 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etgan ushbu onlayn videokonferensiyada «O‘zbekiston MET» AJ nomidan: Markaziy dispetcherlik markazi o‘rinbosari A.Zufarov, Strategik rivojlantirish va standartlashtirish boshqarmasidan mutaxassislar Z.Jo‘rayev, K.To‘xtayev va D.Burxanxodjayevlar  ishtirok etishdi.

   MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: SOHADA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING SALMOG‘I DOLZARB AHAMIYAT KASB ETIB BORMOQDA

   http://uzbekistonmet.uz/oz/

   MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: UMUMIY ELEKTR ENERGIYASI BOZORINI SHAKLLANTIRISH BORASIDAGI ILK QADAMLAR

   http://uzbekistonmet.uz/oz/

   MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: ENERGETIKA SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH, ISHCHI-XODIMLARNING XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA BILIM VA KO‘NIKMALARINI OSHIRISH MASALASI

   http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>