Yangiliklar
MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: UMUMIY ELEKTR ENERGIYASI BOZORINI SHAKLLANTIRISH BORASIDAGI ILK QADAMLAR
  • 27.05.2020
  • 992

  Bugun, 2020-yil 27-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da MDH davlatlari Energetika Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bundan avvalgi ishchi tartibdagi majlislar kabi onlayn shaklda o‘tkazildi. Yig‘ilishning bu safarga mavzusi MDH davlatlaridagi elektr energetika sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar hamkorligida «MDHda umumiy elektr energiyasi bozorini shakllantirish» mavzusiga bag‘ishlandi.

  Videomuloqot orqali o‘tkazilgan ishchi konferensiyani Ijroiya Qo‘mita raisi I.A.Kuzko ochib berdi, so‘ng mutaxassislar kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tomonlarning fikr-mulohazalarini bayon etishdi.

  Ushbu onlayn videokonferensiyada «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati nomidan Elektr energiyasini xarid qilish va sotish bosh boshqarmasi, Milliy dispetcherlik markazi hamda «Energo-IT» filiali mutaxassislari ishtirok etishdi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>