Yangiliklar
ELEKTR TA'MINOTIDAGI CHEKLOVLAR TEZ ORADA BARTARAF ETILADI
  • 26.07.2020
  • 1437

   Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati tomonidan Markaziy dispetcherlik xizmati ma'lumotlariga tayanib «RASMIY BAYONOT: TA'SIR ETUVCHI BIR NECHTA OMILLAR SABABLI ELEKTR TA'MINOTI TIZIMIGA 0,8–1,0 % MIQDORDA CHEKLOVLAR KIRITILMOQDA» nomli xabar e'lon qilingan edi.

   Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/

   Rasmiy saytda: http://uzbekistonmet.uz/oz/

   So‘ngra mazkur axborot ayrim OAV vakillari tomonidan noto‘g‘ri talqin etilganiga munosabat bildirildi: https://t.me/ulugbekijodnamunalari/

   Elektr ta'minoti umumtizimidagi cheklovlar nima? Bu amaliyot nima uchun zarur? Misollar tariqasida: http://uzbekistonmet.uz/oz/

   Shuningdek, elektr ta'minotdagi texnik-muhandislik holatlari, tejamkorlik va samaradorlik masalalari, cheklovlar tez orada bartaraf etilishi FM.87.9 «O‘zbekiston-24» radiosining «Fikrlar maydoni» dasturida muhokama etildi. Boshlovchi Nozima Toshpo‘latova.

   

 

   TAQRIBIY TAQQOSLASH: O‘ZBEKISTONDA BIR KUNDA QANCHA ELEKTR ENERGIYASI ISTE'MOL QILINADI?

 

 

   O‘zbekistonda bir kunlik elektr energiyasi iste'moli o‘rtacha 195,6 mln kVt•soatni tashkil etmoqda (masalan 2020-yil 23-iyul sanasi ko‘rsatkichi)

   195,6 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun mazkur sanada 46,557 million kub/metr tabiiy gaz; 6 280 tonna ko‘mir; gidroelektrstansiya suv omborlaridagi 8,1 million kub/metr suv sarflangan;

   *Misol uchun ayni kunlarda nisbatan ko‘proq ishlatiladigan quvvati (iste'mol darajasi) 7 Vt lampani kVt aylantirib, taqribiy taqqoslash maqsadida quyidagi formulani hisoblab ko‘ramiz. Buning uchun 7 Vt ni 1000 soniga bo‘lish zarur: 7 ÷ 1000 = 0,007 kVt. Demak, 1 ta 7 Vt li lampochka 1 soat ichida 0,007 kVt •soat elektr energiyasi iste'mol qiladi;

   So‘ng natijani 24 soatga ko‘paytiramiz va bir kunda 1 ta elektr chirog‘i uzluksiz ishlatilganda: 0,007 kVt × 24 soat = 0,168 kVt•soat elektr energiyasi iste'mol qilishi ma'lum bo‘ladi;

   ✔O‘zbekistondagi kunlik o‘rtacha iste'molni 24 soat davom etgan 7 Vtli elektr lampochkasi iste'moli misoliga taqqoslab ko‘rsak: 195,6 mln kVt•s ÷ 0,168 kVt•s = 1 164 285 714 dona elektr lampochkasi hosil bo‘ladi.

   Faraz uchun, O‘zbekistonda bir kunda ≈ 24 soat davomida 1 milliard 164 million 285 ming 714 dona chiroq yonib turadi...

   E'tibor bering, bir kunda ishlab chiqarilib, o‘sha soniyaning o‘zidayoq iste'mol qilingan elektr energiyasi yirik texnologik sarflar (yo‘qotishlar) orqali yetkazib berilgan va buning uchun 46,557 million kub/metr tabiiy gaz;  6 280 tonna ko‘mir; gidroelektrstansiya suv omborlaridagi 8,1 million kub/metr suv sarflangan.

 

 

   536 251 300 TONNA QAYERDA?

   Energetika tizimidagi ishlab chiqishdan to iste'molchi hisoblagichiga kirib borguncha jami yo‘qotishlar sarflangan energiyaga nisbatan o‘rtacha 60,65–71,2%, iste'molchilarga o‘rtacha 29–40% energiya yetkazib beriladi.

    Bu haqda batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/

   Бу ҳақда батафсил: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

 

   2019-yil 220–500 kV tarmoqlardagi texnologik yo‘qotishlar 2,43% ni tashkil etib, 1 466,9 mln. kVt•soatdan iborat.

   Bu elektr energiyasini to‘liq tasavvur qilish maqsadida uni barcha uchun tanish bo‘lgan ko‘mirga aylantiramiz: jami 84 804 000 tonna ko‘mir (1 vagonda 60 tonna) — o‘rtacha 1 413 vagon ko‘mir bir yilda isrof bo‘lar ekan.

   Agarda O‘zbekistondagi (2019-yil) barcha texnologik yo‘qotishlarni hisoblasak, 536 251 300 tonna yoki 8 937 vagon — 149 eshelon ko‘mirdan iborat bo‘larkan.

   Iste'mol madaniyatini yuksaltirish bilan bir qatorda energiya tejamkorligi va samaradorligi masalalariga ham jiddiy e'tibor berish — davr talabi. Afsuski, juda ko‘pchilik iste'molchilar buni ham o‘zlari uchun, ham jamiyat, ham mamlakat, qolaversa ekotizim uchun naqadar muhimligini anglab yeta olganlaricha yo‘q. Xalq ta'biri bilan aytganda, har doim bo‘lishiga o‘rganilgan ne'matlarimizning qadri u turli sabab va holatlarga ro‘ra yo‘q bo‘lib qolgandagina bilinmoqda.

 

 

   Energetiklar, xususan elektr ta'minotiga mas'ul tashkilot va korxonalar, shu jumladan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ham xalqimiz xonadonlari yorug‘, yozda salqin, qishda issiq, tadbirkorlarning ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz va samarali, ijtimoiy soha ob'ektlarining barqaror faoliyatida bo‘lishi uchun kecha-kunduz mehnat qilmoqda. Yoz mavsumidagi yuqori iste'mol tufayli kiritilgan kichik cheklovlar tez orada to‘liq bartaraf etiladi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>