Loyihalar
“220/110/10 kVli “Yangi Andijon” podstansiya va uzunligi 14 km bo‘lgan 220 kVli havo tarmog‘ini qurish” loyihasi
  • 24.03.2023
  • 730

“Andijon viloyatidagi istimolchilarning elektr ta’minotini yaxshilash hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 220 kV kuchlanishli havo tarmog‘i va yangi 220/110/10 kVli podstansiya qurish” loyihasi qurilishi bo‘yicha ma’lumot (2023-yil 18-mart holatiga)

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-iyuldagi PQ–5180-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 479–F-sonli farmoyishiga asosan «Andijon viloyatidagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 220 kV kuchlanishli havo tarmog‘i va yangi 220/110/10 kVli podstansiya qurish» loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 14 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmog‘i va yangi yuqori kuchlanishli podstansiyada 2 ta 125 MVA quvvatli transformatorlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

 

2022-yil 19-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi «Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizasi» DUK tomonidan 75282-sonli obyekt qurilishi bo‘yicha ekspertiza xulosasi olingan. Manzilli ro‘yxat tasdiqlanib, Moliya va iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilgan. Loyihani amalga oshirish uchun davlat budjeti hisobidan mablag‘lar qurilish bosqichlariga muvofiq tarzda ajratilmoqda.

 

Uzunligi 14 km bo‘lgan 220 kVli havo tarmog‘ini qurishi bo‘yicha fundamentlar to‘liq o‘rnatildi, shuningdek 132 dona tayanchdan 131 donasi o‘rnatildi va 13,9 km ga sim tortish ishlari yakunlandi.

Bundan tashqari:

• 220/110/10 kV kuchlanishli «Yangi Saroy» (ishchi nomi) podstansiyasining o‘tish joyi binosi qurib bitkazildi, pardozlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Yordamchi bino qurilishida devor qurish ishlari yakunlandi. Podstansiyaning devor qismini mustahkamlash maqsadida qo‘shimcha temir-beton kolonnalar o‘rnatildi. Eshik va deraza romlari o‘rnatilib, suvoqlash-pardozlash ishlari davom etmoqda. Ayni paytda binoning tom qismiga metall konstruksiyalar o‘rnatilmoqda.

Avtotransformatorlar osti uchun beton quyildi va relslar o‘rnatildi. Shu bilan birga, 125 MVA quvvatli avtotransformator yetkazib kelinib, joyiga o‘rnatildi.

• 220 kV va 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasida temir-beton tayanchlar va metall qurilmalar “travers”lari o‘rnatildi. 110 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida sim tortish ishlari olib borilmoqda.

• Tashqi yoritish chiroqlari uchun 27 dona temir-beton tayanchlari o‘rnatildi. Hozirda 110 va 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasidagi yoritkich chiroqlari o‘rnatilmoqda.

• Ajratkichlar uchun temir-beton mahsulotlar keltirilgan bo‘lib hozirda joyiga o‘rnatish uchun qazish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, podstansiya atrofi devorlari uchun fundament quyish ishlari davom etmoqda. Devor uzunligi jami 930 metr bo‘lib, shundan 800 metr qismiga fundament quyilib, 750 metr devor qurish ishlari 80 foizga bajarildi.

 

Kapital qurilish boshqarmasi

https://t.me/minenergy_uz/7545

https://t.me/NuzUzru/50796

https://t.me/Vodiy1uzofficial/69979

https://t.me/kursivuz/10997

https://yuz.uz/news/andijon-viloyatida-yangi-yuqori-kuchlanishli-elektr-uzatish-tarmogi-va-podstantsiya-qurilmoqda

https://yuz.uz/ru/news/v-andijanskoy-oblasti-idet-stroitelstvo-novoy-vsokovoltnoy-linii-elektroperedachi-i-podstantsii

https://t.me/sputnikuzbekistan/33061

https://t.me/minenergy_uz/7548

 

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>