Tenderlar
DIQQAT, E'LON! «O‘ZBEKISTON MET» AJ OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA TANLOV E'LON QILADI
  • 07.04.2020
  • 1233

Chop etilgan sana: 07.04.2020 й.
Muddati yakuni: 2020-yil 2-may sanasi soat 23:59 gacha (Fillipin, Manila vaqti bilan).

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati «220 kV li «Sirdaryo  issiqlik elektr stansiyasi»dan «Zafarobod» podstansiyasigacha elektr uzatish liniyasini qurilishi» hamda «O‘zbekiston Respublikasi hududida 500 kV li «G‘uzor-Regar» (L-507) elektr uzatish liniyasini tiklash» loyihalari yuzasidan loyiha nazorati va boshqarishi uchun konsultant xizmatiga tanlov e'lon qiladi.

  Ushbu loyihalar Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtirilganligi sababli, konsultantlar OTB talablariga binoan xalqaro tender savdolari orqali tanlab olinadi.

  Batafsil ma'lumotlar va tenderga qatnashish shartlari quyidagi OTB sayti havolasida ko‘rsatib o‘tilgan (ma'lumotlar ingliz tilida):

  https://selfservice.adb.org/OA_HTML/

  Tenderga takliflarning qabul qilish muddati: 2020-yil 2-may sanasi soat 23:59 gacha (Fillipin, Manila vaqti bilan).

  Murojaat uchun telefon: +998 71 2085626

  Mas'ul xodim: Xusan Aliyev

  Elektron manzil: northwest220g@gmail.com

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmat

>