Loyihalar
2021-yilda davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida
  • 05.12.2021
  • 467

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2021-yilda davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida MA'LUMOTNOMA.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan Davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag‘lari ishtirokida umumiy loyiha qiymati 601,7 mln. doll. bo‘lgan 5 ta yirik investitsiya loyiha amalga oshirilmoqda. Shundan 2021-yilda Davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag‘laridan 107,4 mln. doll. o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

  2021-yil yanvar-noyabr oylari davomida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yangilangan tarmoq jadvallariga asosan Davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘lari hisobidan 50,39 mln. doll. o‘zlashtirildi (rejaga nisbatan 100%).

  ✍️ Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>