Yangiliklar
Afg‘onistonga elektr energiyasi eksport amaliyoti kunlik 1,0–1,6 mln. kVt•soat shartnomaviy miqdor doirasida uzluksiz yetkazib berilmoqda. Biroq...
  • 17.05.2021
  • 421

  Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Afg‘onistondagi beqaror vaziyat haqida turli xabar va yangiliklarga tez-tez ko‘zingiz tushadi. Yaqinda ommaviy axborot vositalarida

“OAV: Afg‘oniston sharqidagi portlashlar tufayli O‘zbekistondan elektr ta'minoti to‘xtatildi” nomli xabar va uning bir nechta qayta nashrlari (repostlar) e'lon qilindi.

❗️ Ma'lumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning umumiy hajmiga nisbatan 3–7 foiz elektr energiyasi, yurtimizda yildan-yilga oshib borayotgan iste'mol hajmini qoplash niyatida, qo‘shni mamlakatlardan (Turkmaniston, Qozog‘iston va Tojikiston) import qilib, O‘zbekiston–Afg‘oniston hukumatlararo kelishuvlarga ko‘ra imzolangan shartnomaga muvofiq  import hajmining bir qismini Afg‘oniston Islom Respublikasiga eksport qiladi.

✔️ Ushbu jarayonning ham siyosiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari haqida jamoatchilik e'tiboriga ko‘plab maqola va ma'lumotlar taqdim etildi.

«Nima uchun Afg‘onistonga elektr energiyasi sotamiz?»  — Energetika vaziri o‘rinbosari bilan suhbat

  Milliy dispetcherlik markazi ma'lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonning «DABS Afghanistan Breshna Sherkat» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 2021 yil may-sentyabr oylarida O‘zbekiston energetika tizimidan Afg‘onistonning faqatgina Mozori-Sharif viloyatiga elektr energiyasi yetkazib beriladi.

✔️ Hozirda elektr energiyasi kunlik 1,0–1,6 mln. kVt•soat shartnomaviy miqdor doirasida uzluksiz yetkazib berilmoqda. Oy boshidan Afg‘oniston iste'molchilariga 31,1 mln kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.

❗️❗️ Umuman olganda, Afg‘oniston yozgi mavsumda elektr energiyasi importini asosan Tojikiston Respublikasidan (gidroelektr stansiyalaridan) qabul qiladi. 2021-yil 13-may kunidan boshlab O‘zbekistondan Afg‘oniston Islom Respublikasiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining kunlik miqdori sezilarli darajada kamayganini kuzatishimiz mumkin.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>