Yangiliklar
FARG‘ONA VODIYSI ISTE'MOLCHILARINI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA'MINLASH IMKONIYATI QO‘SHIMCHA 250 MVA QUVVATGA OSHIRILDI
  • 20.10.2020
  • 1954

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabr sanasida tasdiqlagan «Jahon banki ishtirokida «Magistral tarmoqlarning kichik stansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3284-son qaroriga muvofiq «O‘zgarish» podstansiyasiga qo‘shimcha yuqori quvvatli avtotransformator o‘rnatish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

 

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali 220–500 kVli 7 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda umumiy uzunligi 601122 kilometr bo‘lgan 220–500 kVli havo liniyalariga xizmat ko‘rsatadi. Bir so‘z bilan aytganda, filial ishchi-xodimlarining Energetika vazirligi strategik chora-tadbirlari, Aksiyadorlik jamiyati ko‘rsatmalari hamda filial rahbariyati ish rejasiga muvofiq barqaror faoliyati, eng avvalo, Farg‘ona vodiysi aholisi, ijtimoiy soha obyektlari, shu bilan birga o‘rta va kichik biznes vakillari hamda yirik sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligini kafolatlash borasida muhim o‘rin egallaydi.

 
Xo‘sh, 2020–2021-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ya'ni «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ hamda «O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini taqsimlovchi tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufiga yetkazib berishda elektr energiyasi quvvatini o‘tkazish imkoniyatlarini oshirish borasida Farg‘ona vodiysida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
 

 Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi «Tovush» MFY, Yangi hayot qishlog‘i manzilida joylashgan 220/110/10 kVli «O‘zgarish» podstansiyasida «Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» nomli investitsiya loyihasi doirasida quvvati 250000 kVAli yangi hamda zamonaviy avtotransformatorini 220 kV, 110 kV hamda 10 kV kuchlanishga ega bo‘lgan yacheykalari bilan birga yangidan qurish hisobiga AT-3 — qo‘shimcha yuqori quvvatli avtotransformatorni o‘rnatish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, joriy yilning 17-oktabr kuni qurilish-montaj va sozlash ishlari to‘liq yakunlanib, muhandislik talablariga muvofiq tasdiqlangan ishga qo‘yish dasturi muvofiq, avtotransformator 72 soat davom etadigan sinov rejimi asosida ishga qo‘yildi. Bajarilgan ishlarning yakuniga ko‘ra 220/110/10 kVli «O‘zgarish» podstansiyasida elektr energiyasi quvvatini o‘tkazish imkoniyati qo‘shimcha 250 MVA hisobiga ortdi.

 
Ma'lumot o‘rnida, «O‘zgarish» podstansiyasi orqali Qo‘qon shahri va Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi, shuningdek, viloyatning Beshariq, O‘zbekiston, Furqat, Dang‘ara, Buvayda, Uchko‘prik, Bag‘dod, Rishton va So‘x tumanlarida joylashgan iste'molchilar uchun elektr energiyasi yetkazib beriladi.

  Filial xodimlari sa'y-harakatlarining zamirida elektr ta'minotidagi barqaror faoliyat hamda samarali va xavfsiz ish muhitini yaratish, shu bilan birga, Prezidentimizning 2017-yil 16-sentabr sanasida tasdiqlagan PQ-3284-son Qarori ijrosini ta'minlashga qaratilgan maqsadlar mujassam.

G‘ayratjon Shermatov,

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari»

filiali direktori

 

2020–2021-YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: «FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI HISOBOTI: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/503

 

2020–2021-YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: «SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI HISOBOTI: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/511

 

2020–2021-YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: «NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI HISOBOTI: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/515

 

2020–2021-YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI HISOBOTI: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/528

 

MAMLAKATIMIZNING SHIMOLIY-G‘ARBIY QISMIDA, XUSUSAN QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VA NAVOIY VILOYATLARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI, MODERNIZATSIYA DASTURI AMALIYOTLARI: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/507

JAHON BANKI HAMKORLIGIDA INVESTITSION LOYIHALAR DAVOM ETTIRILMOQDA: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/184

 

 

http://minenergy.uz/uz/news/view/872

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>