Yangiliklar
JAHON BANKI HAMKORLIGIDA INVESTITSION LOYIHALAR DAVOM ETTIRILMOQDA
  • 11.12.2019
  • 780

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3284-son qarori bilan amalga oshirilayotgan «Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» investitsion loyihasi hamda elektr energiya ta’minoti tizimini, xususan Milliy dispetcherlik markazi boshqaruv tizimini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashga qaratilgan SCADA/EMS/RTU tizimli dasturlari joriy etish loyihalari shular jumlasidan.

 

Joriy yilning 9-dekabr kuni «O‘zbekiston MET» AJ majlislar zalida Jahon Banki mutasaddi xodimlari: Xusam Baydes — energetika sohasi yetakchi mutaxassisi, Ferhat Esen — energetika sohasi katta mutaxassisi, Koji Nishida — energetika sohasi katta mutaxassisi, Maqsudjon Safarov — energetika sohasi mutaxassisi, Budak Dilli — energetika sohasi bo‘yicha katta maslahatchi, Rohila Yuldasheva — energetika sohasi bo‘yicha maslahatchi, Elena Klementyeva — dastur bo‘yicha maslahatchi, tarjimon Muslim Fozilov hamda Jamiyat ma’muriyati ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda kelgusida amalga oshiriladigan bir nechta loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama etildi.

 

Shuni alohida ta’kidlash joizki, «O‘zbekiston MET» AJ ning Jahon Banki hamkorligida amalga oshirayotgan investitsion loyihalari elektr energiya tarmog‘ini yangilash, faoliyatda yangi texnologiyalarni joriy etish, shu orqali texnologik sarflarni kamaytirish, elektr ta’minoti ishonchliligini ortirishga qaratilgan.

 

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati

Axborot xizmati

>