Yangiliklar
2020–2021-YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI HISOBOTI
  • 02.10.2020
  • 1184

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali jami 7 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar (1 ta 500 kVli, 5 ta 220 kVli va 1ta 110 kVli podstansiyalarga) hamda 3 ta 500 kVli, 11 ta 220 kVli, 3 ta 110 kVli, 2 ta 35 kVli va 2 ta 10 kVli elektr uzatish liniyalariga xizmat ko‘rsatadi.

 
 

   Shuningdek,

 

   Filial tasaruffidagi elektr uzatish liniyalarining umumiy uzunligi – 818,946 km tashkil etadi va podstansiyalardan elektr quvvatini o‘tkazish imkoniyati jami – 2636,6 MVAni tashkil etadi.

 

   «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filialida 2020–2021-yillar kuz-qish mavsumiga elektr uskunalari, elektr uzatish liniyalari va bino-inshootlarni tayyorlash bo‘yicha filialning 127-sonli buyrug‘i va mazkur buyruq asosida chora-tadbir rejasi ishlab chiqilgan edi.

 

        2020–2021-yillar kuz-qish mavsumiga elektr uskunalari, elektr uzatish liniyalarini tayyorlash bo‘yicha 2020-yilning fevral-sentabr oylari mobaynida quyidagi ishlar tashkil etildi:

·   Elektr uskunalari, elektr uzatish liniyalarini mukammal ta'mirdan o‘tkazish bo‘yicha quyidagi amaliyotlar bajarildi:
 

     Bajarilgan barcha ish hajmi «O‘zenergoinspeksiya» Samarqand viloyat hududiy bo‘limi inspektorlari ishtirokida texnik nazoratdan o‘tkazildi va tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

 ·   Elektr uskunalari, elektr uzatish liniyalarini joriy ta'mirdan o‘tkazish bo‘yicha bajarilgan ishlar quyidagicha:
 
·   Filial tasaruffidagi barcha 7 dona podstansiyalardagi hamda elektr uzatish liniyalaridagi elektr qurilmalari, kontakt hamda qisqichli qismlari qizish holati «teplovizor» nazorat qurilmasi orqali nazoratdan o‘tkazildi. Aniqlangan nuqson va kamchiliklar bartaraf etildi.
·   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mablag‘lari hisobidan xarid qilingan zamonaviy LK-70/220 rusumdagi polimerli izolyatorlaridan 181 donasi filial tasaruffidagi 220 kVli elektr uzatish liniyalarida o‘rnatilishi hisobiga, ma'nan eskirgan PF rusumdagi izolyatorlar almashtirildi, buning evaziga havo liniyalari orqali elektr energiyasini o‘tkazish mustahkamligi oshirildi.
 
·   Joriy yilda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mablag‘lari hisobidan 2,941 mlrd. so‘mlik 1 dona yangi avtokran maxsus avtomashinasi xarid qilindi.
·   Filial tasaruffidagi mavjud 24 dona maxsus avtotransport va mexanizmlarni ta'mirlash maqsadida 161,0 mln. so‘mlik ishlar bajarildi, 52 dona avtoshina va 9 dona akkumulyator bilan jihozlandi. 2020–2021-yillar kuz-qish mavsumiga «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi barcha maxsus transport vositalari va mexanizmlar shay holatga keltirildi.
 
·   Filial tasaruffidagi barcha bino-inshootlar texnik nazoratdan o‘tkazildi. Shuningdek, 500/220/35/10 kVli «Sug‘diyona» podstansiyasida ZVN-ZRU binosining tom qismi «folgoizol» qoplamasi bilan (510m2) qoplandi va bino mukammal ta'mirlandi.
·   Samarqand regional dispetcherlik xizmati, Podstansiyalar xizmati, Releli himoya va elektr sinovlari xizmati, Havo liniyalari xizmati hamda Avtotransport va mexanizatsiya guruhi xodimlari 2020–2021-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va avariyali holatlarda tezkor ta'mirlash-tiklash ishlarini bajarish bo‘yicha yo‘riqnoma imtihonlaridan o‘tkazildi.
 
·   Avariyani tiklash brigadalari tashkil etildi va ular zarur ehtiyot qismlar, transport va yoqilg‘i moylash mahsulotlari hamda himoya vositalari bilan ta'minlandi.
·   Kuz-qish mavsumida dispetcherlik va texnologik boshqaruvi hamda aloqa vositalarining uzluksiz ishlashi ta'minlash maqsadida texnik nazorat ishlari tashkil etildi.

 

   Fayzillo Qurbonov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

 

   «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: «KATTAQO‘RG‘ON», «SUVLI», «SAMARQAND» VA «CHO‘PON-OTA» PODSTANSIYALARIDA BAJARILGAN ISHLAR

   Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

   Eslatib o‘tamiz, «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filialining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: filial o‘z hududidagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalari orqali «O‘zbekiston MET» AJ nomidan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, shu jumladan xususiy kapital ishtirokidagi korxonalardan qabul qilib, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ korxonalariga uzatish, shuningdek boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari, magistral elektr tarmoqlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.

   Shuningdek, filial xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi, tabiatni muhofaza qilish koidalari va sanitariya normalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining amaldagi normativ hujjatlariga rioya qilgan holda elektr tarmoqlari, uskunalari, qurilmalari, bino-inshootlari, mashina-mexanizmlari, aloqa vositalari va boshqa texnika uskunalari ekspluatatsiya qilishni amalga oshiradi.

 

 

   «Samarqand MET» filiali tarkibida quyidagi bo‘lim, guruh va xizmatlar mavjud: Samarqand regional dispetcherlik xizmati, ishlab chiqarish texnika bo‘limi, kapital qurilish bo‘limi; mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi; uzatilgan elektr energiyani hisoblash guruhi, ta'minot guruhi, rele himoyasi va o‘ta kuchlanishli sinov guruhi; havo liniyalari elektr uzatish guruhi, podstansiyalar xizmati (500/220/10 kV li «Sug‘diyona», 220/110/35/10 kV li «Samarqand», 220/110/35/10/6 kV li «Cho‘pon-ota», 220/110/6 kV li «Kattaqo‘rg‘on», 220/110/10 kV li «Suvli», 220/110/10 kV li «Ishtixon», 110/35/10 kV li «Gornorudnaya» podstansiyalari), shuningdek aloqa guruhi, avtotransport va mexanizatsiya guruhi.

   Podstansiyalar soni 7 ta, shu jumladan: 500 kV - 1 ta, 220 kV - 5 ta, 110 kV - 1 ta. Havo tarmoqlari soni jami: 22 ta shu jumladan: 500 kV-3ta, 220 kV -11 ta, 110 kV – 4 ta, 35 kV – 2 ta, 10 kV – 2 ta. Havo tarmoqlari uzunligi jami: 818,946 km, o‘chirgichlarning soni 270 ta.

 

 

   Direktor: Qurbonov Fayzillo Zubaydullayevich. Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha qabul kunlari va vaqti: Seshanba, Juma 15:00 dan 17:00 gacha

   Bosh muhandis: Abduraxmonov Abdumurod Abdurashidovich. Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha qabul kuni va vaqti: Chorshanba 15:00 dan 17:00 gacha

   Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 151-uy. Telefon:+998-66-231-06-98. Faks: +998-66-233-35-63.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>