Yangiliklar
«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: «KATTAQO‘RG‘ON», «SUVLI», «SAMARQAND» VA «CHO‘PON-OTA» PODSTANSIYALARIDA BAJARILGAN ISHLAR
  • 08.06.2020
  • 1411

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari tomonidan Jamiyat ma'muriyati tasdiqlangan rejaga asosan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Suratda maqsadli yo‘riqnoma o‘tish jarayoni tasvirlangan bo‘lib, unda ish jarayonida qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni to‘laligi va yaroqli ekanligi tekshirib olinadi

   Jumladan:

   220/110/35/6 kuchlanishli podstansiyasida «VP-220» va «U-220» rusumli moyli o‘chirgichlar joriy ta'mirlandi. Podstansiyadagi uskunalar sozligi yuzasidan taftish ko‘riklari o‘tkazilib, aniqlangan nosozliklar bartaraf etildi. Ayrim elektr jihozlarining sirtki qavatidagi moyli va loyli qoplamalar yuvib tozalandi.

   Shuningdek, 220/110/10 kuchlanishli «SUVLI» podstansiyasida «ATDSTN- 125-220/110/10» rusumli T-2 avtotransformatori joriy ta'mirlash jarayonida bo‘yaldi. Korroziyaga qarshi bunday amaliyotlar elektr uskunalarining foydalanish muddatini uzaytirish bilan birga podstansiyalarning estetik qiyofasini ham yaxshilaydi.

   220/110/35/10 kVli «SAMARQAND» podstansiyasida «V-T1-110» rusumli elegazli o‘chirgich joriy ta'mirlandi. Belgilangan tartibga muvofiq, yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi barcha ish jarayoni dastlab xavfsizlik texnikasi instruktaji orqali boshlanadi va bajarilayotgan ishlarning har bir bosqichi alohida-alohida qayd etib boriladi.

   220/110/35/10-6 kuchlanishli «CHO‘PON-OTA» podstansiyasida «V-MJO-1-110» rusumli yacheykasidagi ajratgich joriy ta'mirlanib, modernizatsiya loyihasi bo‘yicha shleyflarni ulash va bo‘yoq tortish ishlari bajarildi.

   Bir so‘z bilan aytganda, yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi samarqandlik energetiklar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan qo‘yilgan ish rejalarini o‘z vaqtida bajarib kelmoqdalar. Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodovning 2020-yil 28-may sanasidagi XB-103-sonli Yoz mavsumida elektr qurilmalarining mustahkam va ishonchli ishlashini ta'minlash bo‘yicha topshirig‘i «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi barcha yuqori kuchlanishli havo liniyalari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xodimlar tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>