Yangiliklar
2020–2021-YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: «SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI HISOBOTI
  • 16.09.2020
  • 1076

  Ayni paytda «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi tomonidan 792,41 kilometr uzunlikka ega 220–500 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari, umumiy quvvati 2090,433 ming kVA bo‘lgan jami 5 ta 500–220 kVli podstansiyalarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ekspluatatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

 

  «O‘zbekiston MET» AJning 2020-yil 17-avgustdagi 246-sonli buyrug‘iga asosan magistral elektr tarmoqlari energouskunalari, bino va qurilmalarni 2020/2021-yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta'minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish maqsadida «Surxondaryo MET» filiali «Elektr uskunalarini 2020/2021-yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash to‘g‘risida»gi 131-sonli buyruq chiqarib,
  18-banddan iborat chora-tadbirlar ishlab chiqdi.

 

2020-yilda filial tasarrufida bo‘lgan elektr uskunalarni kelishilgan va tasdiqdan o‘tgan jadvalga asosan kapital ta'mirlash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirish rejalashtirilgan:

· 1 dona 220 kVlik havoli o‘chirgich 500 kVli «Surxon» podstansiyasida;
· 2 dona 110 kVlik yog‘li o‘chirgichlar 220 kVli «Sherobod» podstansiyasida;
· 500 kVli L–519 havo elektr uzatish tarmog‘ining 45 kilometrli qismi.

Hozirgi kungacha:

· 2020-yil may oyida 500 kVli «Surxon» podstansiyasidagi V-SurSh-2-rusumli havoli o‘chirgich kapital ta'mirdan chiqarildi;
· 2020-yil aprel oyida 220 kVli «Sherobod» podstansiyasidagi V-AT-3 yog‘li o‘chirgichni kapital ta'mirlash ishlari olib borildi. May oyida esa V-T-4 yog‘li o‘chirgichi kapital ta'mirdan chiqarildi.

  Tasdiqlangan rejaga asosan 500 kV kuchlanishi, uzunligi 45 kilometr bo‘lgan L-519 havo tarmog‘ining 364–460 va 568–609 ustunlari oralig‘ida mukammal ta'mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. 

 

   

Joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha 18 dona kuch transformatorlari va 21 dona podstansiyalarning xo‘jalik ehtiyoji uchun o‘rnatilgan transformatorlarida (TSN), 85 dona 220, 110 kVli yog‘li va havoli o‘chirgichlarda, 334,43 kilometr uzunlikka ea 220–500 kVli havo elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta'mirlash ishlari olib borildi.

  Bundan tashqari, hozirgi kungacha 1704 km uzunlikdagi 220–500 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari ko‘rikdan o‘tkazilib, topilgan kamchiliklarni bartaraf etilmoqda. Daraxt shox-shabbalaridan tozalash ishlari rejadagi 14,5 km o‘rniga 19,5 km masofada bajarildi. 330 dona nuqsonli izolyatorlarni almashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 1000 dona izolyatorlar almashtirildi. Shuningdek, farfor izolyatorlarini LK-70/220 rusumli izolyatorlarga almashtirish rejadagi 200 donadan ayni aytgacha 126 donasi almashtirildi. 220–500 kVli havo elektr uzatish liniyalarida rejalashtirilgan 105 dona qushlarga qarshi to‘siq (PPZ) o‘rnatish ishlari to‘liq yakunlandi.

 

 

  Yuqorida qayd qilingan kapital ta'mirlash ishlari «O‘zenergoinspeksiya» Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi ishtirokida amalga oshirilmoqda.

  Hisobot so‘nggida e'tiboringizga «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali balansidagi 220 kV kuchlanishli «Sherobod» podstansiyasini modernizatsiya-rekonstruksiya qilish loyihasining fotoalbomini havola etamiz.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

  To‘ra Namozov, «O‘zbekiston MET» AJ «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>