Xotin-qizlar
JAMIYATDA XOTIN-QIZLAR VA ULARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MASALALARI
  • 08.10.2019
  • 5583

JAMIYATDA XOTIN-QIZLAR VA ULARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MASALALARI

 

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida xotin-qizlar va ularning huquqlarini himoya qilish masalalari bilan Xodimlar bilan  ishlash boshqarmasi hamda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorlikda ish yuritadi. Jumladan:

   - xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish;

   - xotin-qizlarning oilada, mahalla va mehnat jamoasida, davlat va jamoat boshqaruvi sohasidagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

   - jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarni rag‘batlantirish;

   - Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun o‘tkaziladigan tanlovning tuman (shahar) bosqichida Jamiyat nomidan ishtirok etishni ta’minlash;  

   - yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;

   - xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish;

   - ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat dasturlari va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tarmoq dasturlarining ijrosini ta’minlashdagi ishtirokini kuchaytirishga ko‘maklashish;

   - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror, Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Xotin qizlar qo‘mita tomonidan qabul qilingan qaror, buyruq, farmoyish va boshqa tegishli normativ hujjatlarni Jamiyat markaziy apparati bo‘limlari, hududiy bo‘limlar, tizimdagi boshqa tashkilotlarida o‘z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish, ularni muvofiqlashtirib boorish hamda shu kabi qonun bilan belgilab berilgan boshqa vazifalar.

 

Foydalanilgan manba: http://www.wcu.uz/uz/central

>