Yoshlar — kelajagimiz, baxtli va farovon kunlarimizning davomchisi, millat va yurt tayanchi. Ularning yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladigan barkamol inson bo‘lib voyaga yetishlari yo‘lida bugun mamlakatimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Har qanday davalat va jamiyat taraqqiyoti yurtning yetakchi kuchi bo`lmish yoshlar tarbiyasi, ularning vatanparvarligi, zamonaviy kasblarni egallash darajasi bilan chambarchas bog`liq jarayondir.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Yoshlar Ittifoqi tashkilotining yetakchisi tashabbusi bilan «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» videomuloqoti o‘tkazilgan, unda Jamiyat tasarrufidagi hududiy tashkilotlardagi boshlang‘ich tashkilotlar a'zolari hamda ularning yetakchilari ishtirok etishgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida 4 mingdan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qiladilar. Ularning 1035 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar (207 nafar qizlar va 828 nafar yigitlar) tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-dekabrda kuni mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida o'tkazilgan uchrashuvida davlat va jamoat tashkilotlari tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish va ularning muammolarini o`rganish hamda yoshlar muammolarini hal etish bo'yicha "O`zbekiston MET" AJ bir nechta uchrashuvlar, davra suhbatlari, videoselektor muloqotlari hamda ekskursiya va ekotur-hashar tadbirlari tashkil etildi.
Barchamizga ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida «2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi» deya ta'kidlashi barobarida yurtimiz ravnaqi jo‘shqin yoshlar kuchiga tayanishiga alohida urg‘u berib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda «Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz», deya yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari, aynan yoshlardan kutilayotgan natijalar haqida gapirib o‘tdi.