Bugun, «Namangan magistral elektr tarmog‘i» filiali direktori hamda Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi boshchiligida barcha Filial xodimlari uchun bugungi sana, 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun to’g’risida tarixiy-siyosiy savodxonlikka oid ma’lumotlar berib o’tildi.
Filial rahbarining ta‘kidlashicha, yoshlarimiz, shu jumladan yosh texnik-muhandis xodimlar ham Oʻzbekiston Respublikasining barcha davlat ramzlari, ularning tarixi va ta’rifini yoddan bilishlari — Vatan tuyg‘usi, milliy g‘urur va iftixorning dastlabki belgisi hisoblanadi.
✍️ «Namangan magistral elektr tarmog‘i» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati