Yoshlar siyosati
"QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!"
  • 21.10.2024
  • 75

 21-oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni!" munosabati bilan "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali xodimlari "QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!" shiori ostida oʻtkazilayotgan chellenjda  faol qatnashmoqda.

   1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi belgilab qo‘yilgan.

   Til- davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma'naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati , uning turmush tarzi tarixidir.

   Davlat tiliga hurmat - yuksak insoniy burch ekanligini yodda tutgan holda o‘tkazilayotgan chellenjimizda barchangizni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

 

✍️  "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti aʼzolari

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>