Yangiliklar
Online: O‘ZBEKISTON VA TOJIKISTON ENERGETIKLARI LOYIHALASHTIRISH INSTITUTI HAMDA XALQARO DISPETCHERLIK MARKAZI ISHTIROKIDA MUHOKAMALAR UCHRASHUVINI O‘TKAZISHDI
  • 30.04.2021
  • 577

  Joriy yilning 30-aprel kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati,  «Sredazenergosetproekt» AJ — loyihalashtirish instituti , «Energiya» xalqaro muvofiqlashtiruvchi dipetcherlik markazi (КДЦ «Энергия») hamda Tojikiston Respublikasining «Barki Tojik» milliy energetika ochiq aksiyadorlik xolding kompaniyasi rahbarlari ishtirokida videokonferensiya aloqa orqali O‘zbekiston hamda Tojikiston energotizimlari paralel ishlashini ta'minlash masalalari bo‘yicha muzokaralar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  Malakali mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan onlayn shakldagi muhokamalarda «O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan 500 kV kuchlanishli G‘uzor–Regar (507-sonli liniya) havo elektr uzatish tarmog‘ini tiklash» loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

 

 

  Jumladan, videokonferensiya aloqa yig‘ilishining kun tartibidan joy olgan quyidagi masalalar yuzasidan mutaxasislarning fikrlari tinglandi, loyihani belgilangan muddatlarda tez va sifatli bajarish yuzasidan  bayonnomaga kiritilgan kelishuvlarga erishildi:

  - yuqori kuchlanishli “G‘uzor” va “Regar” podstansiyalarini bog‘lovchi 500 kV kuchlanishli (L-507) havo elektr uzatish tarmog‘ini tiklash loyihasi doirasida, Tojikiston energotizimida markazlashgan favqulotda avariyaga qarshi tizimini yaratish jarayonida, tomonlar mutaxasislari ishtirokida yagona ishchi guruh tuzish;

  - «Sirdaryo IES” AJdan chiqib “O‘zbekiston”  podstansiyasigacha  cho‘zilgan 500 kV kuchlanishli (L-503) havo elektr uzatish tarmog‘ini Tojikiston Respublikasida joylashgan «So‘g‘d» podstansiyasiga «kirish-chiqish» sxemasi orqali ulash jarayonida «Energiya» xalqaro dipetcherlik markazi rahbarligida tomonlar mutaxassislari ishtirokida yagona ishchi guruh tuzish;

  va boshqa ishchi holatlar bo‘yicha muhokamalar xulosasi bayonlashtirildi.

  Eslatib o‘tamiz: Ayni paytda »O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida 500 kvli G‘uzor–Regar (l-507) elektr uzatish liniyasini tiklash» investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda. Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi bayonnomasining 5.2-bandiga asoslanib amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning maqsadi O‘zbekiston va Tojikiston energiya tizimlarining paralell ishlashi paytida elektr energiya ishonchliligini ta'minlashdan iborat. Loyihaning umumiy qiymati 25 mln. AQSh dollarni tashkil etadi. Loyiha doirasida 500 kVli G‘uzor–Regar (L-507) elektr uzatish liniyasining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi 63 km uzunlikdagi qismi qayta quriladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

Energetika sohasidagi O‘zbekiston–Tojikiston hamkorligi har ikki davlat va Markaziy Osiyo taraqqiyoti uchun xizmat qiladi

2021-yilda Tojikiston bilan uzilgan 64 km elektr liniya qayta tiklanadi, loyiha qiymati 14,7 mln dollar

Тавсеаи ҳамкориҳои Ӯзбекистону Тоҷикистон дар соҳаи барқ – Фараж

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>