O‘zbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portali yangi versiya
❗️«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati quyidagi mutaxassislarni ishga taklif etadi:
⇒ 2024-yil 1-dekabr holatiga jami 25 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:
25 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud:
1. Boshqaruv raisining maslahatchisi – 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
2. Ichki audit xizmati boshlig‘i – 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
3. Yuridik boshqarma bosh yuriskonsulti – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega; 1- toifali yuriskonsulti – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
4. Axborot va kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
yetakchi mutaxassisi – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
5. Ijro intizomi nazorati bo‘limi 2-toifali mutaxassisi – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
6. Situatsion tahlil boshqarmasi bosh mutaxassisi – 2 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
7. Rele himoyasi va avtomatika bo‘limi sho‘ba boshlig‘i – 2 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
yetakchi muhandisi – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
laboratoriya boshlig‘i – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
8. Ishlarni yuritish va xo‘jalik boshqarmasi ofis menedjeri – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
9. “Osiyo taraqqiyot banki” loyihalarni amalga oshirish guruxi texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassis – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
10. “Yevropa tiklanish va taraqqiyot” banki loyihalarni amalga oshirish guruhi rahbari – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
moliyachi - 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
11. Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
12. Sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mahalliylashtirish bo‘limi bosh mutaxassis – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
13. Investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘limi mutaxassisi – 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
14. Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati bosh mutaxassisi - 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
15. Elektr energiyasini texnologik sarflarini hamda energiya oqimlarini tahlil qilish bo‘limi muhandisi – 2 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
16. Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi
elektr stansiyalarini tizimga ulash sho‘basi bosh mutaxassisi - 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega;
yetakchi mutaxassisi - 1 nafar - oliy maʼlumotli va ish tajribasiga ega.
✅ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining choraklik va har oyda yangilanib boradigan maֹ’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali orqali kuzatib boring!
‼️ Eslatma: o‘z tarjimai holi va mehnat faoliyati haqidagi ma'lumotlarni taqdim etayotgan fuqarolar aynan qaysi lavozimga o‘z nomzodini taklif etayotganini, shu bilan birga, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamlarini to‘g‘ri yozib yuborishlari shart.
YARATILGAN SHAROITLAR:
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;
• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;
• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).
Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi:
Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, aksariyat nomzodlar uchun oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Veb-sayt: uzbekistonmet.uz
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati