Qiziqarli xabarlar
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI MASALASIDA MANTIQIY YONDASHUV
  • 20.05.2020
  • 1630

  Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi haqida ko‘p va xo‘p gapirilgan. U iste'mol madaniyatining yuksak namunalaridan biri ekanligi qayta-qayta ta'kilanadi. Bu haqda tahliliy maqolalar e'lon qilindi, turli audio va videomahsulotlar taqdim etilmoqda.

  Batafsil:     uzbekistonmet.uz/oz/

  Батафсил: uzbekistonmet.uz/uz/

  Подробно:  uzbekistonmet.uz/ru/

  Ammo energiya tejamkorligi va samaradorligi deganda faqat bemaqsad ishlab turgan elektr uskunasini tarmoqdan uzib qo‘yishdek tor fikr tushunilmasligi lozim. Fizika qonuniyatiga ko‘ra energiya bordan yo‘q, yo‘qdan esa bor bo‘lmaganidek, uni foydalanishga qulay, ya'ni iste'molga yaroqli qilish o‘ziga xos xarajat va harakat talab etadi. O‘z o‘rnida harakat va xarajat birligining tejalishi, yanayam aniqrog‘i energoresurslardan oqilona va maqsadli foydalanishda bosh omil — MANTIQIY YONDASHUV bo‘lmog‘i lozim.

  Energiya tejami va samarasi, eng avvalo, bino va inshootlarni to‘g‘ri va puxta qurishdan boshlanadi. Birgina misol, noto‘g‘ri qurilgan uylarni (ofislarni) yoritish, isitish yoki sovutish yillar davomida qurilishdan iqtisod qilingan mablag‘lardan o‘n, yuz, hatto ming marotaba ko‘p mablag‘ sarf etilishiga olib keladi. Ushbu masaladagi mantiqiy xulosa ham shu.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>