Yangiliklar
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hamda Rossiya Federatsiyasining «Россети» aksiyadorlik kompaniyasi strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasini tasdiqladilar
  • 04.06.2021
  • 682

 Mazkur hujjat Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov va «Россети» aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori Andrey Ryumin tomonidan imzolandi. O‘zbekiston magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarni rivojlantirish, yangi-yangi loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish — imzolangan Yo‘l xaritasining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.

  Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning oktabr oyida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Rossiya hukumatlararo komissiyasining 21-yig‘ilishi doirasida «Россети» AK va «O‘zbekiston MET» AJ o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan edi. Unda O‘zbekistonning elektr tarmoqlari infratuzilmasini qurish va modernizatsiya qilish, shu jumladan sohada ilg‘or texnologik yechimlar — raqamli texnologiyalarni joriy etish, bundan tashqari, O‘zbekiston elektr energetika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni ishlab chiqishda qo‘shni davlatlarning energetika tizimlari joylashuvi va istiqboldagi rivojini hisobga olish bo‘yicha zarur ma'lumotlarni tahlil etish kabi amaliyotlarda yaqin hamkorlikni amalga oshirish ko‘zda tutilgan edi.

  “Rossiya va O‘zbekiston energetika tizimi, shu jumladan elektr tarmoqlari azaliy hamda mustahkam aloqalarga ega. Bizda umumiy urf-odatlar, yagona muhandislik maktabi va bir-biriga yaqin, o‘xshash soha standartlar hamda talablar mavjud. Bu O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish, ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish, xalqaro hamkorlik sohasida mamlakatlarning energetika mutaxassislarining vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zamin yaratmoqda», – dedi Andrey Ryumin.

  «Biz xorijiy hamkorlar bilan magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Hukumatimiz topshiriq va ko‘rsatmalariga asosan bir qator ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Shu jumladan, «Россети» bilan hamkorligimiz 2019-yil 2–4-oktabr kunlari Moskva shahrida o‘tkazilgan «Rossiya Energetika haftaligi» (REH) xalqaro forumi doirasidagi uchrashuvlarimizdanoq boshlangan edi. O‘zbekiston–Rossiya energetika sohasidagi hamkorlik darajasi bugungi kelishuvlardan so‘ng yangi bosqichga ko‘tariladi, deb hisoblaymiz», – dedi Dadajon Aynaqulovich.

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

O‘ZBEKISTON–ROSSIYA: ENERGETIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK

“O‘zbekiston MET” AJ hamda “Rosseti” AJ o‘rtasida hamkorlik amaliyotlarining navbatdagi bosqichlari yuzasidan muzokaralar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida o‘zaro manfaatli bitimlar imzolanishi kutilmoqda

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ hamda Rossiya Federatsiyasining «Rosseti» AK strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasini tasdiqladilar

ПАО «Россети» и АО «Национальные электрические сети Узбекистана» утвердили дорожную карту по реализации соглашения о стратегическом сотрудничестве

«Россети» утвердили дорожную карту с узбекистанскими коллегами Об этом сообщает "Рамблер"

Россети договорились о сотрудничестве с оператором сетей Узбекистана

https://ko.ru/news/

Операторы электросетей РФ и Узбекистана договорились о совместной работе

Операторы электросетей Узбекистана и России договорились о сотрудничестве

«Россети» и оператор сетей Узбекистана договорились о сотрудничестве

Операторы электросетей Узбекистана и РФ подписали "дорожную карту" сотрудничества

https://news.mail.ru/

Операторы электросетей Узбекистана и России договорились о сотрудничестве

https://tehnowar.ru/

“O‘zbekiston MET” AJ hamda “Rosseti” AK o‘rtasidagi hamkorlik ijrosi doirasida yo‘l xaritasi tasdiqlandi

https://uza.uz/oz/

https://dunyo.news/uz/

"Россети" и узбекистанская электросетевая компания согласовали планы сотрудничества

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati 

>