OAV va jamoatchilik bilan ishlash
VAZIRLAR MAHKAMASINING DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI TASHABBUSI BILAN «DAVLAT TILIDA ISH YURITISH» AMALIY QO‘LLANMASI NASHR ETILDI

Kecha poytaxtning Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va Fanlar akademiyasi hamkorligida «Davlat tilida ish yuritish» amaliy qo‘llanmasi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

  • 11.09.2020
  • 1841
TOSHKENT — HAYRAT SHAHRI

Bugun barcha yurtdoshlarimiz yuz-ko‘zlarida bayramona kayfiyat hukmron. Agarda ushbu kayfiyatni kengroq tarzda ifoda etish lozim bo‘lsa, nuqta tinish belgisidan ko‘ra ko‘proq vergulni qo‘llashimizga to‘g‘ri keladi, nazarimda. Chunki bir nafasda aytadiganlarimiz, sharhlarimiz bir-biriga chambarchas bog‘liq va adog‘i ancha olisda.

  • 02.09.2020
  • 691
ADABIYOT — XALQNING YURAGI!

Jonajon O‘zbekistonimiz o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 29 yil to‘ldi. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste'dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zamini bo‘lib xizmat qilmoqda.

  • 30.08.2020
  • 1160
«NURAFSHON» SANATORIYASI YURTIMIZNING ENG GO‘ZAL VA SO‘LIM MASKANLARIDAN BIRIDA JOYLASHGAN

«O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi «Nurafshon» sanatoriyasi Qatron tog‘ tizimida, dengiz sathidan 450 metr balandlikda, Oltiariqsoy hududida joylashgan.

  • 13.08.2020
  • 4156
ELEKTR ENERGIYASI ISTE'MOLCHILARI DIQQATIGA!

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 12-14 avgust kunlari "Elektrhisob" avtomatlashtirilgan tizimi server qurilmalari yangi, Ma'lumotlarni qayta ishlash markazi binosiga ko`chirilishi munosabati bilan dastur ishi va 1154 qisqa raqamli Call-markaz faoliyatida texnik tanaffus qabul qilinadi.

  • 11.08.2020
  • 642
TIL — MILLATNING BIRLIK BELGISI

   O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida Respublika tanlovini e'lon qiladi.

  • 11.08.2020
  • 749
BITTA AXBOROTNING TURLI TALQINI: QAY BIRIGA ISHONISH KERAK?

Bugun, soat 18:36 da “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Axborot xizmati Markaziy dispetcherlik xizmati tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib bayon etilgan ma'lumot — «RASMIY BAYONOT: TA'SIR ETUVCHI BIR NECHTA OMILLAR SABABLI ELEKTR TA'MINOTI TIZIMIGA 0,8–1,0 % MIQDORDA CHEKLOVLAR KIRITILMOQDA» nomli xabar e'lon qilinganidan so‘ng O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan yetakchi internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqning boshqa sahifalarida mazkur bayonotga havola keltirgan holda xabar-ma'lumotlar tarqala boshladi.

  • 24.07.2020
  • 910
YURAK — MASOFA BILMAS!

Muhtaram Prezidentimiz kuni kecha mutasaddi vakillar ishtirokida yana yig‘ilish o‘tkazib, “har bir rahbarning o‘z xodimlari va aholi salomatligini saqlashdan bo‘lak muhim vazifasi yo‘q”, deya ta'kidladi. Darvoqe, sog‘liq — bu eng katta boylik. Tasavvur eting, oramizda kimningdir barcha ehtityojlariga yarasha mol-mulki serob, ammo salomatligi joyida emas.

  • 22.07.2020
  • 823
2020-YIL BIRINCHI YARIMYILLIK SARHISOBI: AXBOROT XIZMATI FAOLIYATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2020-yil 15-yanvardagi 18-240-sonli murojaatiga asosan davlat tashkiloti faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram) ISHONCH RAQAMI, ya'ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46 e'lon qilingan.

  • 13.07.2020
  • 749
BU YUK — BUYUKLIKDAN DARAK

Yuksak iftixor bilan aytish mumkinki, shu kunlarda millatimiz ko‘zgusi deya ta'riflaydiganimiz – O‘zbek tilining sofligini saqlash va albatta uning lug‘at boyligini oshirish, barcha sohalarda qo‘llanib kelinayotgan zamonaviy atamalarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish borasida yana bir dadil qadam qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining bir guruh olimlari tomonidan yangi nusxadagi o‘zbek tilining izohli lug‘ati yaratildi. 5 jilddan iborat mazkur qo‘llanmaga sakson mingdan ortiq o‘zbek adabiy tilida iste'molda bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalari, fan, texnika, san'at va madaniyat sohalariga oid terminlar, shevada qo‘llaniladigan so‘zlar, tarixiy atamalarni o‘z ichiga oladi.

  • 30.06.2020
  • 774
HAR BIR ISHDA MA'NAVIYAT USTUVOR BO‘LMOG‘I LOZIM

Joriy yilning 15–17-iyun kunlari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash ishlari bo‘yicha maslahatchisi Orif To‘xtashev tomonidan Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi filiallarga xizmat safari uyushtirildi.

  • 19.06.2020
  • 1069
2020-YIL — ILM, MA'RIFAT VA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH YILI

Bugungi kunda taraqqiyot ko‘p jihatdan axborot texnologiyalarining rivojlanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq. XXI asrda internet tarmog‘i jamiyat hayotining turli sohalariga kirib kelishi bilan “elektron hukumat”, “elektron savdo”, “raqamli iqtisodiyot” kabi atamalar paydo bo‘ldi.

  • 05.06.2020
  • 1562
70 YILLIK BEG‘UBOR BAYRAM: BUGUN XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI

Bugun 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. 70 yildan buyon yozning ilk kuni bolajonlarning sevimli bayrami sifatida keng nishonlanadi.

  • 01.06.2020
  • 1658
INTERVYU–24: ADIBLAR XIYOBONI — MA’NAVIYAT MASKANI

«O‘zbekiston–24» teleradiokanalida «Adiblar xiyoboni — ma’naviyat maskani» turkumi orqali efirga uzatilayotgan «Intervyu–24» sahifasining navbatdagi mehmoni — Orif To‘xtash – shoir, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan suhbatni e'tiboringizga havola etamiz.

  • 28.05.2020
  • 1691
15 MAY — XALQARO OILA KUNI: HUQUQIY ASOS VA MAVJUD MUAMMOLAR

Xabaringiz bor, 2018-yil 27-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror qabul qilgan edi. Mazkur hujjatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ushbu yo‘nalishdagi asosiy vazifalar belgilab olingan.

  • 15.05.2020
  • 3995
3-MAY — JAHON MATBUOTI ERKINLIGI KUNI

Bugun 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 3-mayda “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb e'lon qilish va shu sanada matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyusiya qabul qilingan.

  • 03.05.2020
  • 1433
NIYAT BITTA — O‘ZIMGA BEK BO‘LMOQLIK!

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat tili bo‘yicha ma'muriy kodeksga kiritayotgan o‘zgartirishlari mavzusi kutilmaganda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Muhokamaning, munozaraning yaxshi tomoni shu-ki, haqiqat bahslarda tug‘iladi. Ammo mazkur loyihani mutloq buzib talqin qilishlar, kurakda turmas haqoratomuz gaplar, kimlarnidir millatchilikda ayblash kabi razilliklarga jim qarab turolmaysan, kishi.

  • 28.04.2020
  • 1068
TINIQ QALBLAR, TINIQ MAQSADLAR!

Bugun xalqimiz o‘zining cho‘ng matonati va birdamlik kayfiyati bilan har qanday ofat-u balolarga qarshi mardonavor tura olishini namoyon etmoqda. Yurtimiz aholisining aksariyati joriy etilgan karantin talablariga rioya etib, o‘z xonadonlarida, qadrdon oilasi bag‘rida sinovli damlarni sabru qanoat bilan o‘tkazyapti.

  • 21.04.2020
  • 851
«TEMUR TUZUKLARI» ASARINI MUTOLAA QILGANMISIZ?

Ko‘pchilikka ma'lumki, bugun buyuk bobokalonimiz, ulug‘ sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun. Bundan 684 yil ilgari O‘zbekiston zaminida tug‘ilib voyaga yetgan jahongir dunyo tarixida o‘chmas iz qoldirdi, buyuk davlat barpo etib, uni ilm-ma'rifat, me'morchilik markaziga aylantirdi.

  • 09.04.2020
  • 4774
UYDA QOLING: BADIIYAT BADGA URMAYDI!

«Maslahatchi maslahati» ruknida Nazarimda, ko‘pchilikka tanish bo‘lgan bir gapni sal boshqacha qilib, mana bu tarzda aytish mumkin: «Sen menga qanday kitoblar o‘qishingni ayt, men senga kimligingni aytib beraman». Darvoqe, bugungi kun barchamizni katta sinovdan o‘tkazmoqda. Aksariyat hollarda ko‘cha-ko‘y va davradan davralarga sarf etib kelgan vaqtimizni bugun qadrdon oilamiz bag‘rida o‘tkazishni ma'qul ko‘ryapmiz...

  • 25.03.2020
  • 1209
>