OAV va jamoatchilik bilan ishlash
TIL — MILLATNING BIRLIK BELGISI
  • 11.08.2020
  • 750

   O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida Respublika tanlovini e'lon qiladi.

   Ijodiy ishlar shu yilning 20-sentabriga qadar "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" sarlavhasi ostida info@til.gov.uz elektron pochtasi yoki @Til_tanlovBot telegram manzili orqali onlayn qabul qilinadi.

   Batafsil: https://mininnovation.uz/uz/

   Til — millatning birligini ta'minlasa, adabiyot borligini belgilab beradi. Aziz energetika sohasi xodimlari! Har birimizning yuragimizda muqaddas Vatanimizga ehtirom va shu tuproq egalariga cheksiz hurmat yashaydi. Mana shunday kechinmalarga yo'g'rilgan bitiklar ila mazkur tanlovda siz ham ishtirok etishingiz mumkin!

 

 

Orif To'xtashev,

"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aktsiyadorlik jamiyati

boshqaruv raisining maslahatchisi

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>