2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MATBUOT ANJUMANI: 2026-yil 2-oktabr, juma, soat 15:00, jonli efir (press-reliz)
  • 01.10.2026
  • 34

2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlari hamda mavsum ichida olib boriladigan muhim vazifalar

Aksiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmasida 17 ta filial mavjud, ularda jami 9 027 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritmoqda. 14 ta magistral elektr tarmoqlari, “Energomaxsusavto”, “Energo-IT” hamda “Magistraltarmoqqurilish” filiallari.

Ayni paytda tashkilot tasarrufida 35–500 kilovolt kuchlanishli, umumiy uzunligi
36 568 kilometr bo‘lgan magistral elektr tarmoqlari hamda umumiy quvvati
60 844 megavolt∙amper boʻlgan 1 679 ta podstantsiya mavjud.

 

► Asosiy koʻrsatkichlar

· 2026-yil yanvar-sentabr oylari davomida magistral elektr tarmoqlari orqali
63,4 mlrd kVt∙soat elektr energiyasi transportirovka qilindi, 292,6 mln kVt∙soat miqdorida tranzit xizmatlari koʻrsatildi;

· Shu davr ichida texnologik sarf miqdori 3,0 mlrd kVt∙soat yoki 4,8 %ni (meʼyor 3,3 mlrd kVt∙soat, 5,4 %) tashkil etdi;

· Elektr energiyasini iqtisod qilish hajmi 107,1 mln kVt∙soatni (reja 100,7 mln kVt∙soat, 106,3 %), bir birlik (1000 kVt∙soat elektr energiyasini uzatish) xizmatini koʻrsatish uchun elektr energiya sarfi 47,7 kVt∙soatni (reja 37,4 kVt∙soat) tashkil etdi;

· Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati balansidagi bino-inshootlarga
2026-yilda umumiy quvvati 180 kVt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatildi
(2026-yilgacha oʻrnatilgan quyosh panellarining umumiy quvvati 1107 kVt tashkil etgan).

► Yil yakuni bilan (prognoz-reja):

· elektr energiyasini uzatish (transportirovka) 84,4 mlrd kVt∙soat;

· texnologik sarf hajmi 4,4 mlrd kVt∙soat, 5,26 %;

· elektr energiyasini iqtisod qilish hajmi 162,0 mln kVt∙soat;

· bir birlik (1000 kVt∙soat uzatish) xizmat koʻrsatish uchun elektr energiyasi sarfi 52,6 kVt∙soat boʻlishi kutilmoqda;

· Shuningdek, 310 kVt qoʻshimcha quyosh panellari oʻrnatiladi.

 

► Mavsumga tayyorgarlik

· Yil boshida 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumida magistral elektr tarmoqlari elektr qurilmalarining barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi, unga asosan 23553 kilometr elektr tarmogʻi,
2817 ta transformator va 4217 ta kommutatsion apparatda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi;

· Transformatorlarning sovitish tizimidagi 681 ta elektr dvigateli taʼmirlandi. Barcha elektr uzatish havo tarmoqlari navbatdan tashqari va davriy koʻrikdan oʻtkazilib, 25 868 ta izolyator hamda 14 276 ta qush qoʻnishidan himoyalovchi moslamalar oʻrnatildi. Yil boshidan 1 679 ta podstantsiyadagi elektr qurilmalarining kontakt birikmalari hamda 36 568 kilometr elektr tarmogʻi toʻliq teplovizor koʻrigidan oʻtkazilib, aniqlangan qizish holatlari bartaraf etildi;

Yuqori kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlarining borish qiyin boʻlgan hududlarini, muhofaza zonalaridagi qurilishlar va daraxtzorlarni aniqlash, shuningdek, avariyaviy holatlarda shikastlangan joylarni qisqa muddatda topish maqsadida 1 915 kilometrtarmoq dron yordamida koʻrikdan oʻtkazildi. Koʻriklar davomida aniqlangan nuqsonlar oʻz vaqtida bartaraf etilib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyaviy oʻchishlarning oldi olindi;

· Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida 200 tonna transformator moyi, 5 tonna turli rusumdagi sim, 10 kilometr kabel mahsuloti, 60 dona metall va temir-beton tayanch ustunlari, 5 555 ta izolyator, shuningdek, podstantsiyalar uchun turli quvvatdagi 97 ta transformator zaxirasi shakllantirildi;

· Avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 222 ta navbatchi brigada tashkil etilgan boʻlib, ular maxsus avtotransport, zarur ehtiyot qismlar, aloqa va himoya vositalari bilan toʻliq taʼminlangan;

· Elektr qurilmalarida avariyaviy holatlar sodir boʻlganda tezkor axborot almashinuvini taʼminlash, maʼlumotlarni tahlil qilish va nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish maqsadida Atsiyadorlik jamiyatining Situatsion tahlil boshqarmasida rahbar va masʼul xodimlarning 24 soatlik navbatchilik rejimi yoʻlga qoʻyilgan;

· Isteʼmolchilarni oʻz vaqtida ogohlantirish, yaʼni rejali taʼmirlash hamda favqulodda oʻchish xabarlari Axborot xizmati bilan hamkorlikda rasmiy veb-sayt hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida isteʼmolchilar eʼtiboriga taqdim etib borilmoqda.

 

Batafsil maʼlumotlar Aktsiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti sahifalarida:

♦ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/

♦ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati

♦ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq

♦ Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

♦ X: https://x.com/uzbekistonmet

♦ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660

♦ Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz    

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz

☎️ Aloqa markazi raqami: +998 (55) 500-5545. 

«Oʻzbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

*MVA — megavolt•amper (toʻla quvvat); MVt — megavatt (quvvat);

kVt — kilovatt (quvvat); kV — kilovolt (kuchlanish).