INVESTORLAR UCHUN QO‘LLANMA
Qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘lish uchun xorijiy sarmoyadorlar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar) ga qo‘yiladigan talablar
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan xorijiy sarmoyadorga qonunchilikda belgilangan kafolatlar va himoya choralariga qo‘shimcha (imtiyoz va preferensiyalar) taqdim etish uchun majburiy tartibda sarmoya shartnomasi tuziladi.
Sarmoya shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi timsolida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va xorijiy sarmoyador (sarmoyadorlar) o‘rtasida tuziladi.
Sarmoya shartnomasini tayyorlash uchun xorijiy sarmoyador O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- sarmoya shartnomasi loyihasi;
- qonunchilik bilan belgilangan hollarda mutassaddi organlarda ekspertiza o‘tgan texnik-iqtisodiy dalillar (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) asosida amalga oshirilgan asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
- Adliya vazirligi xulosasi — sarmoya shartnomasi loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida;
- xorijiy sarmoyadorlar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar)ga qonunchilikda belgilangan kafolatlar va himoya choralariga qo‘shimcha ravishda soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish sohasida Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi xulosalari.
Xorijiy sarmoyador sarmoya shartnomasida o‘rnatilgan tartib va muddatda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga zimma olingan majburiyatlar ijrosi bo‘yicha hisobotlar taqdim etadi.
Manba: https://mift.uz/uz/investp
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati:
+998 71-208-5598; 71-236-6808