

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli elektr uzatish tarmoqlarining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida navbatdagi texnik tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, Sirdaryo tumanida joylashgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Feruz” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Peng-Sheng havo elektr uzatish liniyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
Shuningdek, “ACWA Sirdaryo” podstansiyasidan chiquvchi L-521 havo elektr uzatish liniyasi belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida elektr uzatish liniyasining texnik holati, tayanchlar, simlar hamda liniyaning boshqa asosiy elementlari ko‘zdan kechirilib, mavjud holat o‘rganildi.
"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo'ling!