

#murojaatlar
Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha xodimlar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida aholi muammolarini manzilli hal qilishda Energetika vazirligi tizimidagi xodimlarning professional kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ikki kunlik maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.
Unda yoqilg‘i-energetika sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar hamda ularning hududiy filiallarida murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishiga mas’ul xodimlar ishtirok etmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida murojaatlar bilan samarali ishlash, aholi muammolarini chuqur o‘rganish va ularni manzilli hal etish, korrupsiyaga moyillikning oldini olish, xizmat qadriyatlariga sadoqat, nizoli vaziyatlarni boshqarish, manfaatlar to‘qnashuvi va murosaga kelish, shuningdek, tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar oshirilmoqda.
Shuningdek, xodimlarning dunyoqarashi va kasbiy bilim darajasini yuksaltirish, aholi bilan muloqot madaniyatini yanada takomillashtirish hamda murojaatlarga munosabatda mas’uliyat va xolislikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ikki kunlik kurs yakunida ishtirokchilarning aholi murojaatlari bilan ishlashda zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/20845
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati