

✔️ ONLINE: Ayni paytda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari tomonidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda
✍️ Avval xabar berganimizdek, “O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Feruz Mustafoyevich Qurbonov tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Sayyor qabul davomida fuqarolar elektr ta’minoti, bo‘sh ish o‘rinlari, poytaxt mahallalarida olib borilayotgan obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish jarayonida energetika tashkilotlari xodimlarining ishtiroki hamda boshqa tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan fikr bildirib, o‘zaro muhokama etilib, fuqarolarning murojaatlari tegishli tartibda qayd etib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyatining fuqarolarni qabul qilish kunlari, belgilangan tartibda oldindan qayd etilgan so‘rovlarga binoan o‘tkazilayotgan shaxsiy qabullardan tashqari hududlarda fuqarolar uchun tashkil etiladigan sayyor qabullar ham muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati