2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
O‘zbekiston toza va barqaror energetikaga o‘tish uchun 500 mln dollar oladi
  • 12.01.2026
  • 23

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki “yashil o‘tish” dasturi uchun yarim milliard dollar ajratmoqda.

Dastur doirasida zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, davlat korxonalari va energetika sektori uchun “yashil” standartlarni rivojlantirish, shuningdek, karbon kreditlari bo‘yicha shaffof qoidalar yaratish rejalashtirilgan.

Bularning barchasi ekologik loyihalarga xususiy investitsiyalarni jalb etishga va mamlakat iqtisodiyotini iqlim o‘zgarishlariga yanada barqaror qilishga xizmat qiladi.

Odamlar uchun bu hayot sifatining real yaxshilanishini anglatadi: elektr energiyasi va isitishga kamroq xarajat, shaharlarda toza havo va uy-joylarda qulay sharoitlar.

Ushbu chora-tadbirlar mamlakatga yangi ish o‘rinlari yaratish va tabiatga zarar yetkazmasdan barqaror o‘sishni ta’minlashga yordam beradi. 

Manba: https://t.me/clearenergy/2948 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati