
Energetika vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Dildora Xashimova 26-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Kecha, 26-yanvar kuni elektr stansiyalari orqali jami 266,5 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Respublika iste’molchilariga 247,6 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi.
Tabiiy gaz iste’moli 144,8 mln kub metrni tashkil qildi. 2 ming 300 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi. Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga 2 ming 300 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Hududlardagi gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi suyultirilgan gaz zaxirasi 700 tonnaga oshib, 7,4 ming tonnaga yetdi.
Avtobenzin va dizel yonilg‘isi ham aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, 26-yanvar kuni birja savdolariga jami 11 ming 970 tonna avtobenzin va 15 ming 916 tonna dizel yonilg‘isi chiqarilib, shundan 5 ming 793 tonna benzin va 1 ming 473 tonna dizel yonilg‘isi sotilgan.
Shuningdek, birja savdolariga 1 ming 960 tonna suyultirilgan gaz chiqarilgan va shuncha hajmda sotilgan.
Kecha elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 9 ta, gaz ta’minotida esa 1 ta nosozlik avariya brigadalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Tizimda 24/7 rejimida kuchaytirilgan tartibda ish olib borilmoqda.
Elektr va gaz ta’minoti korxonalarida jami 1 ming 479 ta maxsus brigada tashkil etilgan, ushbu brigadalar tarkibida 7 ming 596 nafar ishchi-xodim joylarda kechayu kunduz faoliyat yuritib bormoqda.
Manba: https://gov.uz/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati