2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli “Xadikent” podstansiyasida profilaktik ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 27.01.2026
  • 19

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Xadikent” podstansiyasida muhim texnik ta’milash ishlar amalga oshirildi.

⚙️ Ushbu jarayonda T-1 transformatoridagi maʼnan va jismonan eskirgan, texnik resurslari tugagan qurilma to‘liq yangisiga almashtirildi. Bu ishlar, avvalo, kuz-qish mavsumida elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash, shuningdek, generatsiya jarayonida hosil bo‘ladigan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga uzluksiz va ishonchli yetkazish maqsadida amalga oshirildi.

⚡️ Bundan tashqari, yangilangan uskunalar to‘liq texnik sinovlardan o‘tkazilib, podstansiya ish faoliyatining xavfsizligi va samaradorligi oshirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot