2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati: L-Boyqo‘rg‘on elektr uzatish tarmog‘idani nasozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi...
  • 24.01.2026
  • 23

Bugun soat 21:01 da Qashqadaryo viloyatida 110 kV kuchlanishli  L-Boyqo‘rg‘on elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chdi.

Natijada Dehqonobod tumanining kichik ishlab chiqarish korxonalari hamda aholi isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilar boshqa manbadan taʼminlanish choralari ko‘rilmoqda. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 21:52 da 110 kV kuchlanishli  L-Boyqo‘rg‘on elektr uzatish tarmog‘ining elektr taʼminoti o‘chgan 3 MVt quvvatdagi isteʼmolchilardan 2 MVt isteʼmolchilari boshqa manbaga o‘tkazilib, elektr taʼminoti qisman tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 08:35 da L-Boyqo‘rg‘on elektr uzatish tarmog‘idagi texnik nuqson bartaraf qilinib, isteʼmolchilarning qolgan qismiga ham kuchlanish berildi. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz. 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati