

Maʼlumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘zining bir qator vazifalari amalga oshirish bilan birga yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish, kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, obyektlarni moliyalashtirish hamda ularni amalda bajarilishi uchun yillik va istiqbolli elektr tarmoqlarining qurilish dasturlarini ham amalga oshiradi.
Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Kapital qurilish boshqarmasi magistral elektr tarmoqlarda olib borilayotgan loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirilishi va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini muvofiqlashtiradi. Shuningdek, boshqarma “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiy korxona va bo‘linmalaridan loyihaning bajarilishini nazorat qilish jarayonida pudratchi tashkilotlarning shartnoma majburiyatlarini va zarur bo‘lganda, shartnomada nazarda tutilgan sanksiyalarni taqdim etishni talab qiladi.
Ushbu amaliyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyish va qarorlari, Energetika vazirligi topshiriq va ko‘rsatmalari hamda Shaharsozlik norma qoidalari, xavfsizlik qoidalari va boshqa normativ hujjatlari asosida olib boradi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘z mablag‘lari va tijorat banklari hisobidan 2025 yilda jami 49,4 mln dollar miqdoriga (o‘zlashtirildi) teng hajmdagi (rejaga nisbatan 121,0 foiz) ishlarni bajardi.
Jumladan, 2025 yilda Aksiyadorlik jamiyati o‘z mablag‘lari hisobidan 2 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi:
· Navoiy viloyatida “220 kV kuchlanishli (L-17-A, L-17-D, L-17-Besopan va L-17-X-4) elektr uzatish tarmog‘idan Navoiy issiqlik elektr stansiyasi 650 MVt quvvatli 3-bug‘-gaz qurilmasi doirasida yangi 220 kV kuchlanishli “kirish-chiqish” elektr uzatish tarmoqlarini qurish” loyihasi doirasida 7,9 km uzunlikka ega 220 kV kuchlanishli liniya qurildi.
· Toshkent viloyatida “Texnoparkni elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i va podstansiyani qurish” loyihasi doirasida 31 km 220 kVli elektr tarmog‘i va 500 MVA quvvatga ega podstansiya qurildi.
“O‘zbekiston MET” AJ mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes subyektlari hamda aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ortib borayotgan qismini to‘liq qoplash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlarini jadal olib bormoqda.
Xususan, 2025 yilda investitsiya loyihalari doirasida 6 podstansiyalarda jami 1117 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi.
Jumladan:
· Navoiy viloyati – “A” podstansiyasi —125 MVA;
· Andijon viloyati – 475 MVA: “Lochin” podstansiyasi — 100 MVA; “Yulduz” podstansiyasi — 300 MVA; “Saroy” podstansiyasi — 75 MVA;
· Toshkent shahri – 17 MVA: “Qo‘yliq” podstansiyasi — 17 MVA;
· Toshkent viloyati – 500 MVA: “Ohangaron” podstansiyasi — 500 MVA.
2026-yilda ham «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Kapital qurilish boshqarmasi o‘z vakolatlari doirasida Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati topshiriq va ko‘rsatmalari asosida ish olib bormoqda.
Zafar Usmonov, Kapital qurilishboshqarmasi boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati