2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
2025-yil SARHISOBI: Ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoki davolanishi ehtiyoji yuzaga kelgan 490 ga yaqin xodimlarga kasaba uyushmasidan moddiy yordamlar ko‘rsatildi (8-sonli)
  • 21.01.2026
  • 31

“Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2025-yilda olib borgan faoliyati haqida hisobot-maʼlumotnomasi.

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z tasarrufiga 18 ta boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalarini birlashtirgan bo‘lib, jami 8479 nafar kasaba uyushma aʼzolari, shu jumladan 689 nafar xotin-qizlar va 1146 nafar yoshlardan iborat.

2025-yilda Birlashgan kasaba uyushmasi xizmatidagi 18 ta filiallarning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari ish rejalariga muvofiq samarali mehnat faoliyati olib bordilar.

Vatanga muhabbat, vatanparvarlik hislarini shakllantirish maqsadida ko‘plab filiallarimiz boshlang‘ich kasaba uyushmalari tomonidan Respublikamizning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor qadamjolari bo‘lgan shaharlarga 1012 nafar xodimlar va ularning oila aʼzolari ichki turizm sayohatlariga olib borildi.

Misol uchun:

· Samarqand shahriga 134 nafar;

· Buxoro shahriga 121 nafar;

· Xiva shahriga 80 nafar;

· “Chimyon”, “Amirsoy” tog‘ zonalari ekoturizm sayohatiga 159 nafar;

· Farg‘ona viloyatidagi “Ertosh” dam olish zonasiga 36 nafar;

· “Chodak” dam olish maskaniga 120 nafar;

· “Miraki” va Shahrisabzga 161 nafar;

· “Zomin” tog‘ zonasiga 201 nafar xodimlar va ularning oila aʼzolari sayohatlarga olib borildi.

Jamoa shartnomalarida nazarda tutilgan barcha imtiyoz va kafolatlar bajarilishiga erishildi, jumladan:

Energetika tizimida ko‘p-yillar mobaynida mehnat qilib, soha rivojiga o‘zining samarali hissasini qo‘shgan va nafaqaga kuzatilayotgan 70 nafar xodimlarga energetika stajiga ko‘ra lavozim maoshining bir barobaridan uch barobarigacha miqdorda rag‘batlantirish to‘lovlari berildi, xodimlarga esdalik sovg‘alari va guldastalar taqdim etilib, pensiyaga kuzatilishi tadbirlari uyushtirildi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

Yubiley tug‘ilgan kunlarini nishonlayotgan 212 nafar xodimlarga bir lavozim maoshi miqdorida rag‘batlantirish to‘lovi berilib, faxriy yorliq, zarchopon, esdalik papkalari va guldastalar topshirilib, taqdirlanishlari tashkil etildi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

Jamiyatning ayollarini “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan tabriklashga barcha filiallarda bayram tadbirlari o‘tkazildi. 537 nafar ayollarga bayram mukofot pullari berildi.

Shuningdek, Navro‘z bayrami tadbirlari barcha filiallarda keng nishonlandi. Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida bayram dasturxonlari tuzaldi, bayramga sovg‘alar berildi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan filiallarda Energetika faxriylari va baynalminalchi jangchilarga bayram dasturxonlari tuzaldi. 23 nafar baynalminalchi jangchilarga bayram munosabati bilan moddiy yordam berildi.

1-iyun “Bolalarni ximoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan bolalar tomoshalariga, bolalar konserti dasturlariga 500 ga yaqin bolalar mazza qilib dam olishlari, o‘yin-kulgu qilishlarini tashkil etildi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

Xo‘jalik hisobidan 1% Mehnatga haq to‘lash fondidan Yangi-yil bayrami munosabati bilan Aksiyadorlik jamiyati xodimlarining 9528 nafar farzandlariga yangi-yil sovg‘alari berildi. Shu bilan birga, Yangi-yil bayrami tomoshalariga, bolalar o‘yin maydonchalariga 1000 dan ziyod chiptalar xarid qilindi va bepul tarqatildi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

Bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida 187 nafar bolalar sog‘liklarini tiklashdi, bu maqsadlarga xo‘jalik organidan va kasaba uyushma mablag‘laridan mablag‘ sarflandi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

Ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoki davolanishi ehtiyoji yuzaga kelgan 490 ga yaqin xodimlarga kasaba uyushmasidan moddiy yordamlar ko‘rsatildi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

Boquvchisini yo‘qotgan oilalarni, yolg‘iz keksa pensionerlarni, energetika faxriylarini 34 nafarini holidan xabar olindi va bayramlar arafasida ularga oziq-ovqat to‘plamlari ko‘rinishida moddiy ko‘mak berildi.

Konsert, teatrlarga 1000 tadan ortiq chiptalar xarid qilindi va xodimlarga bepul tarqatildi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

1-sentabr — Yangi o‘quv-yili arafasida 2 va undan ortiq maktab yoshidagi o‘quvchi farzandi bo‘lgan kam taʼminlangan xodimlarning 389 nafar farzandlariga o‘quv qurollari xarid qilindi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami barcha filiallarda keng nishonlandi. Xodimlarga bayram dasturxonlari tuzaldi. 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan joylarda maʼnaviyat soatlari, davra suhbatlari o‘tkazildi. Jamiyat tomonidan energetika tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan xodimlar Faxriy yorliqlar va Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Taqdirlangan xodimlarga guldastalar va esdalik sovg‘alari berildi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

22-dekabr — “Energetiklar kuni” kasb bayrami munosabati bilan barcha filiallarda bayram tadbirlari uyushtirildi, keksa pensionerlar va energetika faxriylari taklif etildi.

“Yong‘in xavfsizligi oyligi”, “Texnika havfsizligi oyligi” ko‘rik tanlovlari o‘tkazildi, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari berildi.

Yil davomida magistral liniyalarda yuzaga kelgan avariyali o‘chish holatlarini oldini olish va bartaraf etish ishlarida qatnashgan ishchi-xodimlarga moddiy ko‘mak berish maqsadida dala joylarida issiq oziq-ovqat, kofe, choy doimiy tashkil etilib borildi, yil davomida 500 dan ziyod xodimlarga issiq ovqatlar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Jamiyat tasarrufidagi filiallarning barcha kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, volleybol va minifutbol, Bouling, “Baliq ovi” turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Filial xodimlari o‘rtasida minifutbol bo‘yicha “Rais kubogi” va ayollar o‘rtasida volleybol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqalari tashkil etildi. Musobaqa g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Barcha filiallarda-yil davomida tashkil etilgan sport musobaqalarida 1000 dan ortiq xodimlar ishtirok etishdi. Musobaqa g‘oliblariga va ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi. (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati bilan kelishilgan holda ish vaqti ichida xodimlarni 30 minut davomida ishlab-chiqarish gimnastikasi bilan shug‘ullanishlari tashkil etildi.

Xodimlar va ularning oila aʼzolarini sog‘lomlashtirish uchun basseynlarga abonementlar 50 foizga tarqatildi. Xodimlar futbol bilan shug‘ullanishlari uchun sport inventarlari xarid qilindi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

Xodimlar va ularning oila aʼzolarini sog‘liklarini tiklash ishlariga ham alohida eʼtibor qaratildi. 2025-yil davomida Farg‘ona viloyatidagi «Shifobahsh Chimyon» sihatgohida 30 nafar Energetika faxriysi bepul davolandi. Bu maqsadlarga MHTF 1 foiz mablag‘i hisobidan mablag‘ sarflandi va energetika faxriylari sog‘liklarini tiklashdi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

Xodimlar va ularning oila aʼzolariga 10 foiz kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan Respublikadagi “Turon”, “Zomin”, “Oqtosh”, “Chortoq”, “Botanika” va “Chinobod” sihatgohlari va “Kristall-Xumson”, “Navro‘z”, “Kumushkon” dam olish uylariga 141 ta yo‘llanmalar olindi va imtiyozli — 45 foizlik qilib xodimlarga va ularning oila aʼzolariga tarqatildi. Ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan 41 nafar xodim sanatoriyalarga imtiyozli 45 foiz narhda yuborildi. 3 nafar baynalminalchi bo‘lgan xodimlarga 3 ta yo‘llanma bepul berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning 2022-yil 1-noyabrdagi 06/1-2408-sonli topshirig‘iga asosan Rossiya Federatsiyasi Kislovodsk shahridagi “O‘zbekiston” sanatoriyasida “Dam olish–davolanish–bilim olish–malaka oshirish” loyihasi asosida 2025-yilda 24 nafar xodimlar sog‘lomlashtirilib va bilim saviyalarini oshirishlari tashkil etildi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

2025-yil davomida Jamiyatning maʼnaviyat va maʼrifat ishlari bo‘yicha masʼullari, xotin-qizlar komissiyasi, yoshlar bilan ishlash komissiyasi bilan hamkorlikda Navro‘z, 8-mart, Mustaqillik, Konstitutsiya kuni bayramlariga bag‘ishlangan davra suhbatlari, sheʼriyat kunlari o‘tkazildi, milliyligimizni targ‘ib qilishlikka qaratilgan “XON-ATLAS” tadbirlari uyushtirildi. Sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud kunlariga bag‘ishlangan adabiyot va kitobxonlik tadbirlari uyushtirildi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

Yil davomida Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi va Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari hamkorlikda ko‘plab samarali ishlar amalga oshirildi, ayollarni sport musobaqalarida aktiv ishtirok etishlari va sayohatlarga olib borilishi uyushtirilib borildi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan Yoshlar bilan ishlash komissiyasi o‘z faoliyatini 2025-yilda ijobiy olib bordi. Xususan, yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, minifutbol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Basseynlarga abonementlar berildi. Rahbar va yoshlar o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etildi. Bu uchrashuvlarda rahbarlar o‘zlarini mehnat va hayot tajribalarini yoshlarga bo‘lishdilar va shu bilan bir qatorda yoshlarni qiziqishlari, kelgusidagi rejalari, jamiyatni rivoji uchun taklif va tashabbuslari o‘rganildi. Jamiyatning faol va tashabbuskor yoshlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida yoshlarga esdalik sovg‘alari, jamiyat logotipi tushirilgan kepka va futbolkalar sovg‘a qilindi.

Respublikaning ommaviy axborot vositalari gazeta va jurnallarga 2025-yil uchun “Ishonch”, “Ishonch-Доверие” va boshqa gazetalarga obunalar tashkil qilindi (Barcha filiallarda va Markaziy boshqaruv apparatida).

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq qo‘mita yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan masalalar ”Mexnat muhofazasi va munosib mehnat sharoitlarini yaratish” xaqida, “Mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi” to‘g‘risida, “Maʼnaviyat va maʼrifat ishlarining olib borilishi, xodimlar va ularning oila aʼzolarining sog‘lomlashtirilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash-yili” Davlat Dasturini bajarilishini taʼminlash to‘g‘risida”gi masalalar belgilangan vaqtda qo‘mita yig‘ilishlarida ko‘rib chiqildi.

Yil davomida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan berilgan topshiriqlar bajarildi.

Yil davomida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yuborilishi lozim bo‘lgan statistik hisobotlar, “Davlat dasturi” bo‘yicha hisobotlar belgilangan muddatlarda topshirildi.

Toshkent shahar kasaba uyushmalari birlashmasi kengashiga topshirilishi lozim bo‘lgan moliyaviy hisobotlar, yo‘llanmalar bo‘yicha hisobotlar belgilangan muddatlarda topshirildi.

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi buxgalteriyasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga Ustav talablariga asosan yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan 30 foizlik aʼzolik badallari mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilishi taʼminlandi.

2025-yil davomida jamiyat xodimlaridan, filiallaridan va boshqa tashkilotlardan kelgan turli mavzularni o‘z ichiga olgan murojaatlar Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilib, belgilangan muddatlarda murojaatchilarga ijobiy javoblar berilishi taʼminlandi.

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi energetika stajini tiklab berish bo‘yicha komissiya bilan birgalikda xodimlardan tushgan arizalarni o‘rganib chiqib, ko‘plab xodimlarni energetika stajlari tiklab berildi.

2025-yil mobaynida kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vazifalarini ham amalga oshirib bordi:

· ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etdi;

· xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan hollarda ishlarni to‘xtatib turish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablarning buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ish beruvchiga takliflar kiritdi;

· mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini nazorat qildi;

· mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etdi;

· xodimlarni ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklaridan sug‘urta qilindi, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash havfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazdi hamda xodimlarni dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini, xodimlarni belgilangan muddatlarda o‘rnatilgan normalar bo‘yicha maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul taʼminishini nazorat qildi.

Joriy 2026-yilda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan barcha saʼyi-harakatlarni amalga oshirishda kuch va imkoniyatlarini keng ishga solgan holda xizmat qilishini bildiradi.

Nodira Xidirova, Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati