2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
2025-yil SARHISOBI: Elektr qurilmalari barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi to‘liq bajarildi (7-sonli)
  • 20.01.2026
  • 57

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan-yil davomida, xususan 2025-yil yoz mavsumi hamda 2025-2026-yil kuz-qish mavsumida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarin energiya resurslari bilan taʼminlash, energetika obyektlarini betalafot ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumotnoma.

2025-yil yakuniga ko‘ra, Aksiyadorlik jamiyat tasarrufida uzunligi 36 877 km 35–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari, umumiy quvvati 51 630 MVA bo‘lgan 1583 ta podstansiya mavjud.

Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-dekabrdagi 844-sonli qaroriga asosan, “HET” AJ tizimidan 35–110 kV kuchlanishli 23927 km elektr tarmoqlari va 1492 ta podstansiya 2025-yil 1 iyundan qabul qilindi.

Ekspluatatsiya ishlari bo‘yicha

2025-2026-yil kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarini barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, 1 571 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari, 44 ta transformator, 124 ta komutatsion apparatlarda mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi va 17 225 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari, 2 724 ta transformator,4 088 ta kommutatsion apparatda joriy taʼmirlash ishlari bajarildi.

Transformatorlarning sovutish tizimlari tekshirilib, 149 ta dvigatel va 3 ta moy nasosi taʼmirlanib joyiga o‘rnatildi.

Barcha elektr uzatish havo tarmoqlari navbatdan tashqari va davriy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda taʼmirlash ishlari davomida 20000 tadan ortiq izolyator va 4 790 dona qushlarni elektr toki taʼsiriga tushishdan himoya qilish moslamalari o‘rnatildi.

Doimiy ravishda elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiya elektr qurilmalarining kontakt birikmalari teplovizor qurilmasi yordamida muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tkazilib borildi.

2025-yil davomida 462 ta podstansiya elektr qurilmalarning kontakt birikmalari hamda 35 150 km elektr tarmoqlarida to‘liq teplovizor ko‘rigi o‘tkazilib, aniqlangan qizishlar o‘z vaqtida bartaraf qilindi.

Bundan tashqari, yuqori kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlarida olib boriladigan ko‘rik ishlarining samaradorligini oshirish, yaʼni borish qiyin bo‘lgan hududlar, muhofaza zonasidagi yangi qurilishlar, daraxtzorlarni aniqlash hamda avariyaviy holatlar sodir bo‘lganda elektr tarmog‘ining shikastlangan joyini qisqa muddatlarda topish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatidan (dron) foydalanish joriy etilib, 2025-yil davomida 845 km tarmoq ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rikdan o‘tkazish ishlari davomida aniqlangan nuqsonlar o‘z vaqtida bartaraf etilib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyaviy o‘chishlarning oldi olindi.

Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida 200 tonna transformator moyi, 1 000 kilogramm texnik plastina,35 tonna turli rusumli simlar, 10 km kabel mahsulotlari, 60 dona metall va temir-beton tayanch ustunlari, 10 000 ta izolyator, 97 ta turli quvvatdagi transformator zaxirasi yaratildi.

Shuningdek, avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 222 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilib, ular maxsus avtotransport, zaruriy ehtiyot qismlar, aloqa hamda himoya vositalari bilan to‘liq taʼminlandi.

Mavsum uchun jami 443 ta avtotransport vositasi shundan, 38 ta yuk ko‘tarish avtokrani, 70 ta yuk ko‘tarish mashinalari, 13 ta ekskavator, 263 ta brigada avtotransporti, 36 ta AGP (avtogidro ko‘tarish texnikasi), 22 ta ko‘chma elektrotexnika laboratoriyasi shay holatga keltirildi.

Bosh boshqarma tarkibidagi elektr tarmoqlariga ulanish shoʻbasi tomonidan foydalanuvchilar tomonidan taqdim qilingan talabnomalarga asosan uzatish tizimiga ulanish bo‘yicha 110 tadan ziyod texnik shartlar ishlab chiqilib, foydalanuvchilarga taqdim qilindi.

 

Shamsiddin Kulibayev, Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi boshlig‘i

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati