
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning moliyaviy-iqtisodiy faoliyat tizimi samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvni optimallashtirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi (ERP) loyihasi doirasida 2025-yil 30-aprelda g‘olib bo‘lgan Consortium TERRALINK Technologies LLP, TERRALINK Technologies Mena DMCC, Terralink MChJ, Accelerated Business Consulting, MChJ SARPAMTECH bilan shartnoma imzolandi. 2025-yil dekabr holatiga biznes-jarayonlarni o‘rganish, tizim arxitekturasini loyihalash hamda texnik sozlash ishlari to‘liq yakunlangan. Uskunalar va dasturiy ta’minot yetkazib berish ishlari to‘liq hajmda (100%) bajarilgan.
SCADA/EMS/RTU tizimlarini joriy etish va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida xalqaro tender jarayoni Jahon banki talablari asosida amalga oshirilmoqda. Dastlabki tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Jahon bankining e’tirozsiz roziligi olingan va tender e’lon qilingan. Birlamchi malakaviy saralash bosqichida ishtirokchilarning takliflari qabul qilinib, baholandi hamda qisqa ro‘yxat shakllantirildi. Tender hujjatlarini takomillashtirish maqsadida Jahon banki konsultanti jalb etilib, SCADA/EMS bo‘yicha texnik topshiriqlar maqbullashtirildi. Jahon banki tomonidan bildirilgan izohlar asosida hujjatlar qayta ko‘rib chiqildi va yangilandi. Tasdiqlangan qisqa ro‘yxat asosida tender hujjatlari hamda RFP Jahon banki bilan kelishilib, ishtirokchilarga taqdim etildi. Tender takliflari ochilib, tegishli vazirlik va idoralardan jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida texnik va ekspert baholash ishlari o‘tkazildi. Baholash natijalari axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlar bilan kelishilib, Jahon bankiga taqdim etildi va Bankning xaridlar bo‘yicha yuqori organi tomonidan tasdiqlandi. Hozirgi bosqichda Jahon banki tartiblariga muvofiq tender ishtirokchilarini baholash natijalari bo‘yicha xabardor qilish va aniqlashtiruvchi murojaatlar yuborish jarayoni amalga oshirilmoqda.
2025-yil yanvar oyidan bugungi kunga qadar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi 500 kVli podstansiyalarda loyihalashtirishni aniqlashtirish, tejamkorlik va vaqtni tejash, taqdimot va muvofiqlashtirish, qurilish boshqaruvi va monitoring hamda rekonstruksiya va ta’mirlashda yordam berish maqsadida, uch o‘lchamli raqamli modeli ya’ni 3D modellari ishlab chiqildi.
2025-yil may oyidan boshlab «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi 35-110 kVli podstansiyalar peremetrlarida xavfsizklikni oshirish, nazorat va monitoring qilish hamda masofadan turib boshqarish maqsadida 1065 dona aqilli video kuzatuv qurilmalari o‘rnatildi.
2025-yil dekabr oyida Elektr tarmoqlarida faoliyat yurituvchi 4 ta operativ guruhlarni bodikamera bilan ta’minlab, xizmat jarayonida shaffoflikni ta’minlash, xodimlar xavfsizligini oshirish, shuningdek, xizmat faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bahsli holatlarning oldini olish uchun sinov tariqasida body kamera orqali kuzatuv yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizim joriy etilishi natijasida xizmat intizomi mustahkamlanadi, nizoli holatlar kamayadi, operativ guruhlar faoliyati ustidan nazorat kuchayadi.
Mas’ul xodimlar malakasini oshirish maqsadida 2025-yil 11-oktabrdan 16-oktabrgacha ProtecSys, Huawei Technologies Co, Ltd hamda NURA Group hamkorligida tashkillashtirilgan Energetika sektori uchun kiberxavfsizlik, raqamlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha Xitoyning (Shenjen) shahrida uyushtirilgan o‘quv seminarida ishtirok etildi.
Ma’lumotlarni, tizimlarni va texnologiyalarning o‘zaro aloqadorligini belgilash jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi IT-arxitektura yaratildi.
Raqamli texnologiyalardan foydalanib, Jamiyat faoliyatini takomillashtirish, samaradorligini oshirish va yangi texnalogik imkoniyatlarni yaratish maqsadida 2030-yilgacha raqamlashtirish strategiyasini ishlab chiqildi. Tasdiqlash uchun kuzatuv kengashiga kiritildi.
CAS dasturi hamda «Energonazorat» platformasini integratsiya qilish uchun parametrlar bo‘yicha strukturani ishlab chiqildi. Struktura bo‘yicha API tayyorlandi. CAS dasturi hamda «Energonazorat» platformalari integratsiya qilinib o‘zaro ma’lumot aylanishi yo‘lga qo‘yildi hamda va ma’lumotlarning «Energonazorat» platforma-hisoblash metadalogiyalari kiritildi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning raqamlashtirish bo‘yicha 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ma’lumot
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning moliyaviy-iqtisodiy faoliyat tizimi samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvni optimallashtirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi (ERP) loyihasi doirasida hozirgi vaqtda tizimni sozlash bosqichidan uni ishga tushirishga tayyorgarlik bosqichiga o‘tish jarayonida bo‘lib, faol amalga oshirilmoqda. Ishlar belgilangan reja-jadvalga qat’iy muvofiq olib borilmoqda. 2026-yil yanvar–fevral oylarida tizimning barcha 10 ta funksional moduli o‘rtasidagi o‘zaro ishlashini tekshirish maqsadida kompleks testlar o‘tkaziladi. Yanvar oxiri fevral boshlariga asosiy foydalanuvchilarni o‘qitish ishlari rejalashtirilgan. Tizimni real ish sharoitida to‘liq sinovdan o‘tkazish 2026-yil davomida boshlanishi rejalashtirilgan. 2026-yil davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning barcha hududiy bo‘linmalarida tizimni bosqichma-bosqich joriy etiladi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJda «(SCADA/EMS/RTU telekommunikatsiya loyihasi)ning dispetcherlik nazorati va ma’lumotlar yig‘ish tizimi (SCADA), energiyani boshqarish tizimi (EMS) va unga tegishli axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiya qilish» loyihasi doirasida 2025-yil 25-dekabrdan boshlab Bank taomiliga ko‘ra Ishtirokchilarni baholash natijalari bilan xabardor etilgan holda aniqlashtiruvchi murojaatlar yo‘llash uchun belgilangan 10 ish kunilik muddat boshlandi. 2026-yil 9-yanvarda ishtirokchi kompaniyalarning tijoriy takliflarini ochilishi belgilandi. Yanvar oyida tijoriy takliflarni baholash, natijalarni Jahon banki bilan kelishish hamda g‘olib kompaniya bilan shartnoma imzolash. 2026-yil yakuniga qadar Loyihaning birinchi fazasini («Silk Road Energy Planning and Engineering» MChJ QK tomonidan taklif etilgan qamrov asosida tanlab olingan 52 ta energetika obyekti tizimga integratsiya qilinadi) yakunlash hamda tizimni ishga tushirish.
2026-yil davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi 35-110 kVli podstansiyalar peremetrlarida xavfsizklikni oshirish, nazorat va monitoring qilish hamda masofadan turib boshqarish maqsadida aqilli videokuzatuv qurilmalarini o‘rnatish davom ettiriladi. 2025-yil davomida 1065 dona aqilli videokuzatuv qurilmalari o‘rnatilgan edi.
Podstansiyalar va elektr uzatish liniyalari bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Bu orqali podstansiyalar va elektr uzatish liniyalari haqidagi ma’lumotlar markazlashtirilgan holda jamlanadi, ma’lumotlarni qidirish, yangilash va tahlil qilish tez va qulay bo‘ladi hamda innfratuzilma ob’ektlari bo‘yicha aniq va ishonchli hisobotlar shakllantiriladi. O‘chishlar va avariyalarni elektron tarzda qayd etish tizimini joriy etiladi. Natijada o‘chishlar va avariya holatlarini tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratiladi, har bir holat bo‘yicha aniq vaqt, sabab va oqibatlar elektron tarzda saqlanadi, rahbariyat uchun ishonchli va tezkor hisobotlar shakllantiriladi.
Elektr tarmoqlarida faoliyat yurituvchi operativ guruhlarni body kamera bilan ta’minlab, xizmat jarayonida shaffoflikni ta’minlash, xodimlar xavfsizligini oshirish, shuningdek, xizmat faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bahsli holatlarning oldini olish uchun sinov tariqasida body kamera orqali kuzatuv yo‘lga qo‘yildi. Endilikda sinov ishlari tugagandan keyin barcha hududiy filiallarga tadbiq etiladi.
Sun’iy intellekt yo‘nalishida maxsus o‘quv seminar va treninglar dasturlarini o‘rganib chiqish orqali sun’iy intellekt texnologiyalarini energetika sohasida qo‘llash imkoniyatlari aniqlanadi, xalqaro va ilg‘or o‘quv dasturlari bo‘yicha tahlil va taqqoslash imkoniyati yaratiladi, tashkilotda sun’iy intellekt yo‘nalishida tizimli o‘quv muhiti shakllanantiriladi.
Adizbek Shodiyev, Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati