2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
2025-yil SARHISOBI: yuqori tashkilotlardan va turli idora-korxonalardan kelib tushgan 2278 ta hamda turli tashkilotlardan yuborilgan 16040 ta hujjatlar o‘z vaqtida rahbar va ijrochi xodimlarga yetkazilishi taʼminlandi (4-sonli)
  • 15.01.2026
  • 51

Ishlarni yuritish va xo‘jalik boshqarmasi tomonidan 2025-yil yakunlari bo‘yicha: yuqori tashkilotlardan – 1166 ta, “XDFU” grifli – 1112 ta, turli tashkilotlardan – 16040 ta hujjatlar o‘rnatilgan tartibda qabul qilinib, “edo.ijro.uz” tizimiga kiritildi hamda o‘z vaqtida rahbar va ijrochi xodimlarga yetkazilishi taʼminlandi.

O‘z navbatida, Aksiyadorlik jamiyatidan 10 406 ta chiquvchi xatlar ro‘yxatdan o‘tkazilib, ular “edo.ijro.uz” tizimi, info@uzbekistonmet.uz elektron pochta, “e.xat” tizimi hamda gibrid pochta orqali tegishliligi bo‘yicha manzillarga yuborilgan.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ-445-sonli Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom», Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom»larga asosan ishlar olib borildi.

“O‘zbekiston MET” AJ tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, fuqarolar bilan muloqotda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari (OAV)da chiqishlarni tashkil qilish, quyi tuzilmalarda murojaatlarni ko‘rib chiqish ishlarini baholash (reyting) tizimini joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

1. “O‘zbekiston MET” AJ”ga 2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 231 murojaatlar kelib tushgan va ijrosini taʼminlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, shundan 211 tasi yechimini topgan, 20 tasi Aksiyadorlik jamiyatiga taaluqli bo‘lmaganligi uchun, tegishli tartibdi, boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi Cabinet pm 2 gov. uz sayti orqali 96 ta murojaat tushgan shundan 88 tasi yechimini topgan 8 tasi boshqa tashkilotga yuborilgan.

Shunindek, ijro intizomi yagona nazorat tizmining edo.ijro.uz sayti orqali 50 ta tushgan bo‘lib 45 tasi yechimini topgan 5 tasi esa boshqa tashkilotga yuborilgan. Yozma murojaatlar 82 ta tushgan bo‘lib, shundan 75 tasi yechimini topgan 7 tasi boshqa tashkilotga yuborilgan. Yagona ishonch telefon orqali kelgan og‘zaki murojaatlarning soni 3 tani tashkil etadi.

2. “O‘zbekiston MET” boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan sayyor va ommaviy qabullar tashkil etildi hamda shaxsiy qabullar o‘tkazildi.

3.O‘tkazilgan sayyor, ommaviy va shaxsiy qabullarda fuqarolardan tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar joyida hal etildi, berilgan savollarni ayrimlariga mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

4. Jamiyatga kelib tushgan murojaatlar filiallar kesimida tahlil qilinib “O‘zbekiston MET” AJ mutaxassislari joyiga chiqib murojaatlarda tez-tez ko‘tariladigan muammoli masalalar bo‘yicha tahlillar o‘tkazilib, kamchiliklar sabablarini bartaraf etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishini oldini olish choralarini ko‘rish maqsadida maqsadli o‘rganishlar o‘tkazilib, ularga amaliy va uslubiy yordamlar ko‘rsatildi.

2025-yilda rahbar va masʼul xodimlar tomonidan murojaatlar bilan ishlashni tizimli va samarali tashkil etish, quyi tuzilmalarda olib borilayotgan ishlarni muntazam o‘rganib borish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, murojaatlarni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni tahlil qilish, kelib chiqish sabablarini o‘rganish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy xolatlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

“O‘zbekiston MET”AJ boshqaruv raisi, uning o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi shahar, tumanlarda sayyor qabul qilish jadvali tasdiqlangan.

Bugungi kunda murojaatlar bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish maqsadida, “O‘zbekiston MET” AJ tizimida aholidan kelib tushayotgan murojaatlar sonini keskin kamaytirish, muammolarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Kelib tushayotgan murojaatlarda eng ko‘p ko‘tarilayotgan muammolarni umumlashtirib, tarkibiy tuzilmalar kesimida oylik, kunlik xisobotlarni yuritib, murojaatlarni o‘sib borishi yoki kamayishi bo‘yicha solishtirma maʼlumotlar Jamiyat rahbariga taqdim etilmoqda. 

Maysara Mirzaraimova, Ishlarni yuritish va xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati