

Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
2025-yil 26-dekabr kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga qilgan Murojaatnomasida Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni yana-da kuchaytirilishi to‘g‘risida alohida taʼkidlab o‘tdilar. “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid ekanligini va korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonat ekanligini alohida gapirib o‘tdilar. Ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” eʼlon qildilar. Barcha davlat idoralarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga masʼul o‘rinbosar lavozimi yangidan joriy etilishi va Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yilishini taʼkidlab o‘tdilar. Chunki, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi hozirgi tizim eskirib qolganligi, shu sababli yangi tizim joriy qilinayotganligi ham gapirib o‘tdilar. Yangi tayinlanadigan rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, byudjet mablag‘i talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha taʼsirchan nazorat o‘rnatishini hamda Prezident oldida hisobot berishlarini alohida taʼkidlab o‘tdilar. “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng! Ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir so‘z bilan aytganda, birorta idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi, Shuningdek, Komplayens xizmatining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar korrupsiyaga sherik deb baholanishini va javobgarlik shunga mos holda bo‘lishini ham davlatimiz rahbari alohida taʼkidlab o‘tdilar.
Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu tizimning barcha davlat idoralari va tashkilotlarida ishga tushirib, ijrosini qatʼiy nazoratga olishini taʼkidladilar. Mansabidan qatʼiy nazar poraxo‘rlik va suʼistemolchilik bo‘yicha har bir holat yuzasidan Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati shaxsan davlat Prezidentiga hisobot berishi yuzasidan ham alohida topshiriq berdilar.
Bugungi yig‘ilishimizning maqsadi Jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, xolislik va shaffoflikni taʼminlash, har bir xodimda masʼuliyat va huquqiy madaniyatni yana-da oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishdan iborat.
Korrupsiya nafaqat moliyaviy yo‘qotishga, balki Jamiyatning nufuziga, ishonchiga, ichki intizom va korporativ madaniyatiga jiddiy putur yetkazadi. Agar bir insonning masʼuliyatsizligi yoki manfaatlar to‘qnashuvi natijasida barcha jamoamizning qiyin mehnati samarasiz bo‘lib, yo‘qqa chiqsa, bu holat jamiyatimiz uchun kechirib bo‘lmaydigan katta yo‘qotish bo‘ladi.
Shuning uchun biz har qanday korrupsion xatti-harakatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslikni davom ettirishimiz kerak.
Bugungi kunda Jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurash va uni oldini olish bo‘yicha ishlar tizimli amalga oshirilmoqda. Jamiyat markaziy apparatida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat, yaʼni Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati xodimlari ushbu yo‘nalishda o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Hurmatli hamkasblar! Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizdan faol pozitsiya va o‘z intizomiga qatʼiy amal qilishni talab etuvchi masʼuliyatdir.
Shuni inobatga olgan holda har bir rahbar va xodim quyidagi tamoyillarga qatʼiy rioya qilishlari shart:
1. Shaxsiy manfaatlarini rasmiy vazifalar bilan aralashtirmaslik.
2. Har qanday shakldagi pulli yordam, sovg‘a, xizmat yoki imtiyozlarni sodiqlikka taʼsir qiluvchi omil sifatida qabul qilmaslik.
3. Barcha ish jarayonlarini qonuniylik, xolislik va barqarorlik asosida amalga oshirish.
4. Manfaatlar to‘qnashuvi paydo bo‘lganda bu haqda darhol rahbariyatga hamda kompalens xizmatiga zudlik bilan xabar berish.
5. Korrupsiyaga oid vaziyatlarni ko‘rganimizda sukunat saqlamaslik zarur, chunki sukunat — bu jinoyatni qo‘llab-quvvatlash bilan barobardir.
Har bir rahbar va xodim o‘z mehnat faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda doimo pok, halol, adolatli va mustaqil bo‘lishi, mansab majburiyatlarini bajarishda barcha korrupsiyaning ko‘rinishlariga qarshilik ko‘rsatishi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar va ichki tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilinishi shart.
Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari!
So‘zimni yakunlar ekanman, biz birgalikda Jamiyat oldiga qo‘yilgan vazfalarni bajaribgina qolmay, balki adolat, tozalik va shaffoflikka asoslangan kuchli korporativ muhitni ham shakllantirishimiz kerak.
Jamiyatimizning muvaffaqiyati, uning nufuzi va kelajagi Siz va bizning umumiy saʼy-harakatlarimizga bog‘liq.
Men, boshqaruv Raisi sifatida, sizlarga ishonaman va har biringizni korrupsiyaga qarshi kurashishda faol, masʼul va xolislik bilan pozitsiyada bo‘lishga chaqiraman.
Eʼtiboringiz uchun rahmat.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati