2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 500/220/10 kV kuchlanishli “So‘g‘diyona” va 110/35/6 kV kuchlanishli "G‘arbiy" podstansiyalarida yong‘in xavfsizligiga oid tadbir o‘tkazildi
  • 29.12.2025
  • 26

Barchamizga ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirinig o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi O.Ramatov tomonidan 2025-yil 27-noyabr kuni 2-sonli “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishi” bayoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan respublika hududida joriy yilning 1-dekabrdan 30-dekabriga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

⚡️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 3-dekabrdagi 01-21/48-sonli faksogrammasi, "Samarqand MET" filialining 2025-yil 4-dekabragi 226-sonli buyrug'iga asosan ko‘rik oyligi doirasida, qish faslida isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish, Filial tasarrufidagi obyektlarda yong‘in xavfsizlgi borasida amalga oshirilayotgan ishlarda xodimlar ishtirokini ta’minlash maqsadida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali 500/220/10 kV kuchlanishli “So‘g‘diyona” podstansiyasi hamda 110/35/6 kV kuchlanishli "G‘arbiy" podstansiyalarida tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda yong‘iin xavfsizligi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning samaradorligini o‘rganish, yong‘inlar chog‘ida odamlarning evakuatsiya qilinishini hamda korxonaning mol-mulkini saqlab qolinishini ta’minlash, obyektda yong‘in sodir bo‘lganda avariya-qutqaruv ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha tuzilmalar (navbatchi muhandis, Markaziy va Juma podstansiyalar guruhi, o‘t o‘chirish guruhi), tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda harakatlanishda amaliy malakalarini oshirish” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Shuningdek, “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Zakovat intellektual bellashuvi o‘tkazildi.

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida filial tasarrufidagi podstansiya xodimlarining yong‘in xavfsizligi qoidalaridan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi.

Bellashuvda barcha podstansiya xodimlari faol ishtirok etdi, ishtirokchilarning bilim saviyasi hamda jamoaviy ishlash qobiliyati baholandi.

Bellashuv natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin — “Cho‘pon-Ota” podstansiyasi;
2-o‘rin — “Ishtixon” podstansiyasi va “Urgut” podstansiyalari guruhi;
3-o‘rin — “Samarqand” podstansiyasi.

⇒ Tadbir “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi tomonidan tashkil etildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot