

"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli "Feruz" podstansiyasida reja asosidagi profilaktika — joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Ta’mirlash jarayonida 110 kV kuchlanishli "L-PENG-SHENG" yacheykasidagi 110 kV moyli o‘chirgich (МВ-110 кВ) da texnik xizmat ko‘rsatish va profilaktik tekshiruvlar o‘tkazildi. Ushbu ishlar elektr uskunalarining ishonchli ishlashi hamda avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
⚡️ Mutaxassislar tomonidan o‘chirgichning mexanik qismlari ko‘zdan kechirildi, izolyatsiya holati baholandi, zarur bo‘lgan joylari sozlandi va moy darajasi me’yoriy holatga keltirildi.
⇒ Barcha ishlar amaldagi texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda bajarildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling!