2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: Bo‘stonliq tumani va Chirchiq shahrida joylashgan energetika obyektlarida texnik profilaktika ishlari olib borildi
  • 27.11.2025
  • 23

 «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamyatining «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialida elektr ta’minotining barqarorligi hamda ishonchliligini yanada oshirish maqsadida bir qator texnik profilaktika ishlarini olib borilmoqda. Misol uchun:

⚙️ Bo‘stonliq tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli "12-Buloq" podstansiyasida T-2 trasformatorni bo‘yash va estetik holatni yaxshilash ishlari bajarildi. Ta’mirlash davomida elektr qurilmalar nazorat koʻrikdan oʻtkazilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. Releli himoya, avtomatika tizimlari va boshqa muhim elementlar sozlanib, podstansiyaning umumiy ish faoliyati yanada barqarorlashtirildi.

⚙️ Chirchiq shahrida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli “Shimol-1” podstansiyasida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida texnik profilaktika ishlari bajarildi. Ta’mirlash davomida elektr qurilmalar nazorat koʻrikdan oʻtkazilib, anioqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. 

⚡️ Filial mutaxassislari tomonidan generatsiya jarayonida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror va ishonchli yetkazib berish uchun barcha kuch va texnik imkoniyatlar safarbar etilgan. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot