
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (keyingi o‘rinlarda - OIIB) tomonidan moliyalashtirilishi va 2026-2030-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan “O‘zbekistonning barqaror energiya uzatish loyihasi” uchun xaridlar bo‘yicha individual mutaxassisni (konsultant) ishga qabul qilish eʼlon qilinadi.
► Xaridlar bo‘yicha individual mutaxassis
⇒ Majburiyatlar:
• Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-son qaroriga muvofiq loyihani tayyorlash doirasida loyiha konsepsiyalari va Loyihani baholash hujjati (LBH) ishlab chiqilishi uchun konsultant kompaniyani aniqlash maqsadida OIIB tartib – tamoyillari asosida tender hujjatlarini ishlab chiqish va bank bilan kelishish;
• Tender savdolari doirasida “Long list” hamda “Short list” hujjatlarini tayyorlash;
• Kelib tushgan takliflarni texnik hamda iqtisodiy jihatdan baholash va yakuniy baholash hisobotlarini tayyorlash;
• Shartnoma oldi uchrashuvlar tashkil etish va shartnomaviy ishlarni amalga oshirishda ko‘maklashish.
Barcha jarayonlar yuzasidan “O‘zbekiston MET” AJga hisobotlar tayyorlash.
► Nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar:
• Nomzod Biznesni tashkil etish, Qurilish muhandisligi, Iqtisodiyot ta’minot zanjir boshqaruvi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lishi;
• OIIB va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan o‘xshash loyihalar bo‘yicha vazifalar va ishlarni bajarishda muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lishi (eng kamida 3 yil);
• OIIB va boshqa xalqaro moliya institutlari xaridlar qoidalari va yo‘nalishlari yuzasidan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
• Texnik shart va tender hujjatlarini ishlab chiqilishi yuzasidan bilim va tajribaga ega bo‘lishi;
• Loyihaga doir ishlarni to‘g‘ri tashkil etish qobiliyatga ega bo‘lishi.
► Qo‘shimcha talablar:
• Kompyuter dasturlari bilan ishlash bo‘yicha savodxonlikka ega bo‘lishi: Internet, Elektron pochtalar, Windows Word, Excel, Acrobat, Power point.
• Rus va ingliz tillarini mukammal bilishi.
► Ish sharoitlari:
• Nomzod to‘g‘ridan-to‘g‘ri aksiyadorlik jamiyatiga bo‘ysunadi;
• Ish haqi OIIB grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Nomzodlar tomonidan taqdim etiladigan takliflarni qabul qilish muddati - 14 kalendar kuni
Telefon: +998 90 392-36-66
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati