2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
OAV va jamoatchilik bilan ishlash
ОАV: O‘zbekistondagi eng katta quvvatli transformator Andijondagi “Lochin” podstansiyasiga o‘rnatildi
  • 13.11.2025
  • 7

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 500 kV kuchlanishli podstansiyaning o‘tkazuvchanlik quvvati oshirildi. Shuningdek, viloyatdagi 35–110 kV kuchlanishli podstansiyalarning elektr ta’minoti ishonchliligi oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan Andijon viloyatida joylashgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarning quvvatini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. Misol uchun, Jahon bankining modernizatsiya dasturi (1-bosqich) doirasida hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari hisobidan “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 500/220/10 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasining o‘tkazuvchanlik quvvati oshirildi.

Energetika ob’ektida mavjud AT-1 3x167 MVA (501 MVA) quvvatli avtotransformatorlar o‘rniga 3x267 MVA (801 MVA) quvvatli yangi avtotransformatorlari o‘rnatilib, ishga tushirildi. Buning natijasida podstansiyaning umumiy o‘tkazuvchanlik quvvati 1002 MVAdan 1602 MVAga oshirildi. 

 

 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 500/220/10 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasiga o‘rnatilgan navbatdagi (ikkinchi) zamonaviy avtotransformator O‘zbekiston Respublikasi elektr energetika ob’ektlaridagi (podstansiyalardagi) eng yuqori quvvatli zamonaviy elektr qurilmasi hisoblanadi va u orqali Andijon hamda Farg‘ona viloyatining 220 kV kuchlanishli podstansiyalarga quvvat uzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 500/220/10 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasiga o‘rnatilgan yangi avtotransformatorlarning umumiy og‘irligi 228 tonnani tashkil etib, izolyatsiya vazifasini bajarish uchun unga 62 tonna moy quyiladi. Shuningdek, avtotransformatorning gabarit o‘lchamlari 8,1 x 3,7 x 4,55 metrni tashkil etadi.

Shuningdek, Andijon viloyatidagi 35–110 kV kuchlanishli podstansiyalarning elektr ta’minoti ishonchliligi oshirilmoqda.

 

 

Misol uchun, Andijon tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli “Sho‘ro” hamda Xo‘jaobod tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli “Xidirsha” podstansiyalari 110 kV kuchlanishli bir tomonlama ta’minlanuvchi elektr uzatish tarmog‘iga ulangan edi.

“Andijon magistral elektr tarmoqlari” fililali mutaxasislari tomonidan elektr  ta’minoti ishonchliligini oshirish maqsadida ushbu podstansiyalar bir-biriga aloqasi bo‘lmagan ikkita elektr uzatish tarmog‘iga ulandi.

 

 

Ma’lumot o‘rnida, 110/10 kV kuchlanishli “Xidirsha” podstansiyasiga uzunligi 0,9 km bo‘lgan 110 kV kuchlanishli “Zavroq” elektr uzatish tarmog‘i qurib, ishga ishga tushirildi. Hozirda “Xidirsha” podstansiyasi 110 kV kuchlanishli “Birlashgan” va “Zavroq” elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr ta’minoti bilan quvvatlanmoqda.

110/10 kV kuchlanishli “Sho‘ro” podstansiyasiga kiruvchi 110 kV kuchlanishli “Izboskan” havo tarmog‘ini kirish va chiqish elektr uzatish tarmog‘i qilish uchun kerakli elektr qurilmalar o‘rnatilmoqda. Natijada 110 kV kuchlanishli “Izboskan” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik sodir bo‘lgan vaqtda “Sho‘ro” podstansiyasi 110 kV kuchlanishli “Boykechik” elektr uzatish tarmog‘i  orqali elektr ta’minoti bilan quvvatlanadi.

kV (kilovolt) – kuchlanish o‘lchov birligi
MVA (megavolt∙amper) – to‘la quvvat o‘lchov birligi

 

 

Manba: https://qalampir.uz/uz/news/preview/127001/1763008168

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati