
⚙️ «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli «Buxoro» podstansiyasida 110 kV kuchlanishli SHR-Gazli-1 va R-TN-2 ajratgichlari zamonaviy turdagi qurilmalar bilan almashtirilib, ishga tushurildi.
Bundan tashqari, 110 kV kuchlanishli SHR-KS-1-2 ajratgichi yangi va zamonaviy qurilmaga almashtirish uchun ta’mirga chiqarildi.
⚡️Eslatib o‘tamiz, yuqori kuchlanishli podstansiyadagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj va ta’mirlash-sozlash ishlari davomida xavfsiz iish sharoitini yaratish maqsadida tarmoqda uzilgan qurilmalar yuklamasi halqalash usuli orqali boshqa tarmoq va podstansiyalar orqali ta’minlanib, ish jarayonida ishte’molchilar elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi.
Modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️«BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling