

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari nimstansiyalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish to‘g‘risida”gi 3284-sonli qaroriga asosan “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Qo‘yliq” podstansiyasida L-T-Ku-1 220 kV aloqa kondensatori va yuqori chastotali to‘sqich almashtirildi.
⚙️ Bundan tashqari, "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali xodimlari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida olib boriladigan ish rejasi va kunlik topshiriqnomalar asosida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari hamda ta’mirlash-sozlash ishlari 24/7 rejimi asosida bajarilmoqda.
⚡️Eslatib o‘tamiz, yuqori kuchlanishli podstansiyadagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj va ta’mirlash-sozlash ishlari davomida xavfsiz iish sharoitini yaratish maqsadida tarmoqda uzilgan qurilmalar yuklamasi halqalash usuli orqali boshqa tarmoq va podstansiyalar orqali ta’minlanib, ish jarayonida ishte’molchilar elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi.
Ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!