
Bugun, 2025-yil 3-noyabr kuni soat 21:52da Toshkent viloyati hududidan o‘tgan 110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari releli himoya va avtomatika tizimi himoyasidan favqulodda o‘chgan. Tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilar quvvati 11,8 MVtni tashkil etadi.
⚡️ Ushbu tarmoqdan taʼminlangan “Tayyoragoh”, “Tekstil”, “Arancha” va “Sokin” podstansiyalarda ham o‘chish sodir bo‘lib, natijada Chirchiq shahrining bir qismini taʼminlovchi taqsimlovchi tarmoqlar kuchlanishsiz qolgan edi.
⚙️ Favqulodda o‘chgan 4 ta podstansiyaning 3 tasiga halqalash usuli orqali kuchlanish berildi. Elektr ta’minotini to’liq tiklash (“Tayyoragoh” mahallasi) va taqsimlovchi tarmoqlarga kuchlanish berish uchun zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
⚡️ Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Chirchiq shahrining barcha hududlarida elektr ta’minoti to’liq tiklandi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati