

Bugun, 2025-yil 3-noyabr kuni soat 22:08 da Andijon shahrining Eski oltinko‘l ko‘chasidan o‘tgan 110 kV kuchlanishli havo tarmog‘iga yuk mashinasi kelib urilishi natijasida nosozlik sodir bo‘ldi. Natijada 220/110/10 kV kuchlanishli "Yulduz" podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli "Yayilma-2" yacheykasida himoya tizimi ishlab, favqulodda o‘chish sodir bo'ldi.
⚙️ Ayni paytda mutaxassislar voqea joyida yo’l-transport hodisasi tufayli elekttr uzatish tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozlik oqibatlarini bartaraf etishmoqda. Batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi. Nosozlik oqibatlari bartaraf etilgach, tarmoqqa kuchlanish beriladi.
⚡️ Yuzaga kelgan vatinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali
http://t.me/AndijonMET_Axborot