

⚙️ 110/35/6 kV kuchlanishli «Orayliq» podstansiyasida rejaga asosan T-2-110 kV, VT-1-110 kV, VT-2-35 kV, L-Vodozabor-35 kV, L-Chimbay, KRUN-2-CШ-6 kV va TS-2-10 kV elektr qurilmalarining izolyatsiyasi navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi tekshiruvidan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
⚙️ Jumladan:
♦ Kuch transformatori texnik tekshiruvdan o‘tkazildi;
♦ Kuch transformatorining kiritkichlaridagi (ввод) moy sizib chiqishi nuqsonlari bartaraf etildi;
♦ Kuch transformatorining moy sathi meyyoriga keltirildi;
♦ Moyli o‘chirgichlarning izolyatorlari tozalandi;
♦ Shinlar seksiyasidagi izolyatorlar tozalandi.
Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarildi. Ushbu nazorat-profilaktik ishlar kuz-qish mavsumida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling!